https://oz.sputniknews-uz.com/20210304/Vnukovo-aeroporti-Ozbekistondan-parvozlar-aprel-may-oyida-qayta-tiklanishiga-umid-qilmoda-16129007.html
Vnukovo aeroporti Oʻzbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Vnukovo aeroporti Oʻzbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Vnukovo aeroportining sheriklikdagi egasi Vitaliy Vantsev joriy yil aprel-may oylaridanoq birinchi navbatda Oʻzbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga... 04.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-04T16:01+0500
2021-03-04T16:01+0500
2021-03-04T16:01+0500
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/04/16128935_0:112:3071:1848_1920x0_80_0_0_0b7ee49149a12888f9c25d5e285f8c28.jpg
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiyaning Vnukovo aeroporti joriy yilning aprel-may oylaridanoq qator yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqda direktorlar kengashi rahbari, aeroportning sheriklikdagi egasi Vitaliy Vantsev maʼlum qildi.Vantsev birinchi navbatda Oʻzbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid bildirdi.Vnukovo aeroporti avgust-sentyabr oyiga kelib barcha xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarning toʻliq tiklanishiga umid qilmoqda.“Xalqaro reyslar ochilishi bilan yoʻlovchilar oqimi tiklanishiga umid qilyapmiz. Oʻylaymanki, har holda barcha xalqaro yoʻnalishlar ochiladi, ehtimol, avgust-sentyabr oyiga kelib”, - dedi u.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga tashrifi davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki mamlakat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yoʻllaganini maʼlum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob boʻlishiga umid bildirilayotganini taʼkidlagan edi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210302/Ozbekiston-va-Rossiya-TIV-rahbarlari-muntazam-parvozlarni-tiklash-masalasini-muhokama-qildi-16113255.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/04/16128935_0:15:3071:1945_1920x0_80_0_0_b16ee6de8f5ffcfae69596216a75f445.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Vnukovo aeroporti Oʻzbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Vnukovo aeroportining sheriklikdagi egasi Vitaliy Vantsev joriy yil aprel-may oylaridanoq birinchi navbatda Oʻzbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid borligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiyaning Vnukovo aeroporti joriy yilning aprel-may oylaridanoq qator yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqda direktorlar kengashi rahbari, aeroportning sheriklikdagi egasi Vitaliy Vantsev maʼlum qildi.
Vantsev birinchi navbatda Oʻzbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid bildirdi.
“Biz aprel-may oylaridan har holda hamkorlarimiz – MDH mamlakatlari bilan ochilishini (aviaqatnov – tahr.) kutyapmiz, avvalo, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan. U yerda epidemiologik vaziyat bizga qaraganda ancha yaxshiroq. Bilganingizdek, bizda ham u barqarorlashmoqda, shuning uchun bu ikki bozor biz uchun ochilishiga umid bor”, - dedi Vitaliy Vantsev. Uning soʻzlaridan RIA Novosi iqtibos keltirgan.
Vnukovo aeroporti avgust-sentyabr oyiga kelib barcha xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarning toʻliq tiklanishiga umid qilmoqda.
“Xalqaro reyslar ochilishi bilan yoʻlovchilar oqimi tiklanishiga umid qilyapmiz. Oʻylaymanki, har holda barcha xalqaro yoʻnalishlar ochiladi, ehtimol, avgust-sentyabr oyiga kelib”, - dedi u.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga tashrifi davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki mamlakat oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilgani
xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yoʻllaganini maʼlum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob boʻlishiga umid bildirilayotganini
taʼkidlagan edi.