Xitoy Arktika tufayli Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lishini bashorat qildi

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tishArxipelag Zemlya Fransa-Iosifa
Arxipelag Zemlya Fransa-Iosifa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Xitoy tahlilchilariga ko‘ra, NATO Arktikada Rossiya uchun yoqimsiz surpriz tayyorlamoqda. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan arxipelag - Shpinsbergendan Rossiya siqib chiqarilishi mumkin.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. NATO Arktikada Rossiya uchun yoqimsiz surpriz tayyorlamoqda, deb taxmin qilmoqda xitoylik tahlilchilar. Bu haqda Sohu nashri xabari qildi.
Na rossiyskoy dreyfuyushey stansii Severniy polyus-2015 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2020
Olimlar Arktika ustida ozon qatlami keskin buzilishi haqida ogohlantirishdi
Ekspertlarga ko‘ra, katta strategik ahamiyatga ega bo‘lgan arxipelag - Shpinsbergendan Rossiya siqib chiqarilishi mumkin. Ma’lumki, mintaqa ustidan suverenitet Norvegiyaga tegishli, ammo Rossiya Federatsiyasi unda iqtisodiy faoliyat olib borishi mumkin.
Xalqaro kelishuvga ko‘ra, Shpisbergen va qirg‘oq bo‘yi suvlari demilitarizatsiya qilingan hudud hisoblanadi. Arxipelag shimoliy kengliklarda joylashgan ko‘plab transport yo‘nalishlarini nazorat qiladi.
Xitoylik tahlilchilari ta’kidlashicha, Shpisbergen nafaqat katta neft va gaz zaxiralari, balki baliq resurslaridan foydalanish imkoniyatini ochadi.
Sohu nashriga ko‘ra, Rossiya arxipelagda faoliyat olib borish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bunga NATO doirasida Norvegiya va AQSh o‘rtasidagi yaqin hamkorlik yordam beradi.
Avvalroq Amerikaning strategik bombardimonchilari Orland aviabazasida (Norvegiya) joylashtirildi, deb ta’kidladi ekspertlar. Bu Oslo Vashington bilan birgalikda Moskva bilan geosiyosiy qarama-qarshilikka qaror qilganidan dalolat beradi. Vujudga kelgan vaziyat tufayli Rossiya yangi chaqiruvlarga, shu jumladan Shpisbergen uchun kurashga tayyor turishi kerak. NATO va AQSh boshchiligidagi Norvegiyaning boshqa sheriklari Rossiya Federatsiyasini arxipelagdan siqib chiqarilishidan manfaatdor. Biroq, harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, Moskva uzoq vaqtdan beri bunday voqea rivojiga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0