Kolumnistlar

Yangi sanktsiyalari bilan Gʻarb “temir parda”ni qayta tushirmoqda

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Rossiya - tez oyoqqa turayotgan va ulkan potentsialga boʻlgan kuchli davlat ekanini anglab yetgan Gʻarb davlatlari, sovuq urush yillarida boʻlgan "temir parda"ni qayta tushirishni istab qolishdi.
Gʻarbning Rossiyaga qarshi kiritgan yangi sanktsiyalari ustidan hazil qilish juda oson – chunki Aleksey Navalniy tufayli qabul qilinayotgan qarorlarda qarama-qarshilik va mantiqsizliklar juda koʻp.  
AQSH va Yevropa tutayotgan yoʻlni tushunish, ular yetishni koʻzlagan maqsadni tushunish – juda amrimahol. Ular qilyotgan ishlar diqqat bilan kuzatilganda esa, kuzatilayotgan barcha paradoks va absurdlarga qaramasdan, ushbu harakatlarning barchasi negizida – tamomila ratsional niyatlar yotganini anglash mumkin.
Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2020
Dunyoda
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanktsiya qoʻlladi
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, 2010 yillarning oʻrtasidan beri yevropaliklar va amerikaliklarning Rossiyaga qarshi harakatlarida oldingidek yakdillik va ishtiyoq kuzatilmayotgan edi. Bu safar sanktsiyalar Atlantik okeanining ikki tomonidan bir kunda emas bir daqiqada eʼlon qilindi, demak bu – soʻzsiz kelishilgan qadam boʻlgan. Rossiyaga qarshi qiritilgan sanktsiyalar oldidan – “artpodgotovka” (jang oldidan raqibni zambaraklardan oʻqqa tutish) ham dramaturgiya janrining barcha qonunlariga muvofiq amalga oshirildi: finalda ulkan sensatsiya vaʼda qilingan holda  tomoshabinlar bir necha hafta davomida “xavfli kutish holatida” ushlab turildi.
Oqibatda esa - “vahima katta boʻldi-yu natija bir tiyinlik”. Ular sanktsiya roʻyxatiga kiritgan Rossiya kuch tizimlari rahbarlariga bu choralar “chivin chaqqandek” boʻmaydi. “Biologik va kimyoviy” qurol ishlab chiqaruvchi tashkilotlar borasida ham vaziyat xundi shunday. AQShning Rossiyaga yordam koʻrsatishni rasman toʻxtatishi esa – umuman kulguli. Nazarimda “hamkorlarimiz” haliyam 1999 yilda yashayotgandek.
Aleksey Navalniyning oʻzi esa bir necha oy oldin “polkovnik va generallar” dunyo boʻylab sayohat qilmasligini va ularga qarshi sanktsiyalar kiritish befoyda ekanini va aytgan edi. Oʻshanda u YEIga asosiy eʼtiborni rossiyalik oligarxlar mablagʻlariga qaratish kerakligini maslahat bergan edi.
Aytish joizki, yirik biznesmenlarga zarba berilsa, natija haqiqatdan ham sezilarli boʻlishi mumkin. Ular uchun ham milliy iqtisodiyot uchun ham. “Shimoliy oqim-2” kabi strategik loyihalarni yopish haqida gap ketayotgani yoʻq. Lekin Gʻarb, oʻzining balar rusofob gaplariga qaramasdan, bu safar ham faqatgina yuzaki samara beruvchi foydasiz choralar bilan kifoyalandi xolos.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.02.2021
Dunyoda
Navalniy va uning yordamchilari muxolifat emas - Zaxarova
Amerika va Yevropaning goʻyoki “jon jahdi” bilan himoya qilayotgan rossiyalik muxolifatchi borasida ham fikrlari turlicha. Bir tomondan Gʻarb Navalniyga turli iltifotlar koʻrsatib, uni  Kremlning bosh dushmani va asosiy “qurbon”iga aylantirdi. YEI tarida ilk bor inson huquqlari buzilishi borasida sanktsiyalarni qoʻlladi va hatto ana shunday huquqlar buzilishiga oid global sanktsiyalar tartibini joriy etdi. Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi esa – taajubli qaror qabul qildi – ular Rossiyadan Navalniyni darhol ozod qilishni talab qilishdi.
Ikkinchi tomondan esa, AQSH ham Yevropa ham Navalniy shaxsi haqida hech qanday balandparvoz illyuziyalarga ega emas. Chunki ular Navalniy bir necha yil oldin tovlamachilikda ayblanib qamoq jazosiga mahkum etilgan “Iv Roshe” ishida hech qanday siyosiy sabab topa olmagan.
Amnesty International esa, harchand egiluvchan va siyosiy konʼyunkturalarga bogʻliq boʻlishiga qaramasdan, Navalniyni faqatgina siyosiy va vijdoniy qarashlari uchun qamoqqa olingan – “vijdon mahbusi” deb tan olmadi. Ularni tushunish mumkin, oʻtgan yillar davomida Navalniy oʻzining irqparast va ksenofob qarashlari bilan yaxshi tanilgan edi.
Dastlab, Yevropa Ittifoqi oʻz yangi rejimini Aleksey Navalniy nomidagi sanktsiyalar deb atamoqchi edi, lekin keyinchalik, qahramonning “tarjimai holini” yaxshilab oʻrganib chiqqandan soʻng – bunday gʻoyadan voz kechishgan.
Oqibatda, Gʻarbning bugungi harakatlari – qoʻl ostiga tushgan unchalik mos kelmaydigan sabablarni roʻkach qilgan holda Moskva bilan munosabatlarni murakkablashtirayotganini va unchalik mantiqqa mos kelmaydigan harakatlarni amalga oshirayotganini koʻrish mumkin.
Glavnoye zdaniye Soveta Yevropы v Strasburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Siyosat
Yevroparlament Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi rezolyutsiya qabul qildi
Lekin ushbu voqealarda yana bir narsani – Yevropaning vahima ostida - oʻzini qattiq himoya qilishga tayyorlanayotganini ham payqash mumkin. Ayni damda Rossiya, AQSH va Yevropa munosabatlari navbatdagi transformatsiyani boshidan kechirmoqda.
Oʻtgan dekada oʻrtasida sodir boʻlgan katta toʻs-toʻpolon va undan soʻng Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar - Gʻarb tomonidan Rossiyani iqtisodiy,  siyosiy, geosiyosiy jihatldan toʻliq magʻlub qilish uchun uyushtirilgan harakat edi. Voqea boshida ular “ozgina kuch” bilan gʻalaba gʻozonishiga ishonlari mutlaq komil edi.
Lekin Rossiya yana bir marotaba Gʻarbga “syurpriz” namoyish qildi. Rossiya bir necha yil davomida sanktsiyalarni puchga chiqarishga, Yevropa bilan esa asosli hamkorlikni qayta tiklashga muvaffaq boʻldi.
Oʻtgan yil voqealari esa Gʻarbni yana bir bor Rossiyaga boshqacha nazar bilan qarashga, u haqida oʻz tasavvurlarini oʻzgartirishga majbur qildi. Gʻarb vanihoyat Rossiya tasodifan muvaffaqiyat qozongan qandaydir “yovuz imperiya” emas, balkim tez oyoqqa turayotgan, ulkan potentsialga va yeng ichiga yashiringan bir necha “tuz”lar ega boʻlgan kuchli davlat ekanini tushunib yetdi.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2020
Rossiya
Kreml YEIning Navalniy tufayli sanktsiyalariga munosabat bildirdi
Kuchli Rossiya esa – Yevropani har doim qoʻrquvga emas rostakam dahshatga solgan. Ular bugun Moskva ham iqtisodiy, ham siyosiy ham mafkuraviy va media tomonidan hujumga oʻtganini koʻrishmoqda.   
Lekin ularda oʻz kuchiga ishonch yoʻq, shu sababli ular oʻzlarini himoya qilish maqsadida tezlashtirilgan tartibda temir pardani tushirish va munosabatlardagi keskinlikni chuqurlashtirish bilan shugʻullanishmoqda.  
Xullas Gʻarb hozir sovuq urush vaqtidagi tartib-qoidalarga qaytishni istab qoldi. U vaqtlar Sovet Ittifoqi va Gʻarb orasida  faqat bir necha kanallar boʻyicha aloqa yoʻlga qoʻyilgan edi, qolgan sohalar esa mutlaq yopib tashlangan edi.
Lekin u vaqtlar Gʻarbning yomon taʼsirini kamaytirish boʻyicha asosiy choralar chegaraning biz tomonida qabul qilinar edi. Endi boʻlsa Gʻarb SSSRning samarasiz tajribasidan oʻrnak olmoqchiga oʻxshaydi.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun Aleksey Navalniy nomidan foydalanish muvaffaqiyatli boʻldi desa ham boʻladi. Lekin AQSH va Yevropaning SSSR xatolarini takrorlayotgani – kishini hayratga soladi, xolos.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala