Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Afgʻoniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda

© Sputnik / Semiryaga / Fotobankka oʻtishPogranichniki
Pogranichniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Tojikiston va Afgʻoniston chegarasi yana "olov olmoqda": Afgʻoniston Islom Respublikasi armiyasi mamlakat shimolidagi Bala Murgʻob shahrida oxirgi istehkomni tark etdi
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari bataloni mamlakat shimolidagi Badgis provintsiyasi Bala Murgʻob shahridagi bazani tark etdi, deb xabar bermoqda Tolo News.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Kolumnistlar
Afgʻon qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Afgʻoniston Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Bala Murgʻobda batalonning boʻlishi unchalik katta ahamiyatga ega emas, qolaversa, harbiy baza oʻtib boʻlmas yoʻllar va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli joyini oʻzgartirgan.
Batalon jami uch yuzga yaqin harbiy xizmatchilar, politsiyachilar va milliy xavfsizlik kuchlari askarlaridan iborat boʻlgan.
"Afgʻonistondagi qoʻshinlarning qayta dislokatsiyasi mintaqa uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mamlakatning aksariyat siyosiy arboblari shu tariqa rasmiy Qobul provintsiyani qariyb toliblar qoʻliga topshirdi", - deya xabar qiladi Sputnik Tojikiston nashri.
Bundan tashqari, Tolo News xabariga koʻra, toliblar Afgʻonistonning shimoliy provintsiyalarida askarlar ketishi bilan sanoqli soatlar ichida hududlarni egallab olib, oʻz shaxsiy bazalari va blokpostlarni yaratishmoqda.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2020
Dunyoda
Oʻzbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qoʻshildi – afgʻon OAV
Soʻnggi oylar ichida mamlakatning qaysi qismida harbiy kuchlar oʻzlarining kichik va yirik bazalarini tark etishgani haqida maʼlumotlar yoʻq. Ammo ichki ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, soʻnggi bir yil ichida idora mamlakat boʻylab politsiya uchastkalarining teng yarmini qisqartirgan.
Shu tariqa, deb yozadi "Voyennoye obozreniye" nashri, afgʻon armiyasi mamlakat shimolida soʻnggi forpostni boy berdi.
Bundan kelib chiqadiki, Tojikiston bilan chegaradosh hudud toʻliq toliblar qoʻlida qolmoqda, bu esa chegarada shundoq ham notinch boʻlgan vaziyatni yanada ziddiylashtirmoqda. Shuni qayd etish joizki, Tojikiston, Rossiya va ODKB oʻz nigohlarini allaqachon agʻon bilan chegaraga qaratganlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala