Analitika

Demokratiyani oʻrgatishadi. AQSH ishga aralashuv usullarini belgilab oldi

© AP Photo / Jon ElswickAmerikanskiye flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SSHA
Amerikanskiye flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Amerikaliklar endilikda demokratiya uchun kurashmoqchi emas. Vaqt koʻrsatdiki: interventsiyalar va avtoritar yetakchilarni taxtdan agʻdarish samarasiz ekan
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik, Sofya Melnichuk. Amerikaliklar endilikda demokratiya uchun kurashmoqchi emas. Vaqt koʻrsatdiki: interventsiyalar va avtoritar yetakchilarni taxtdan agʻdarish samarasiz ekan. Bundan saboq chiqargan Vashington dunyoni (bu ishni oʻzidan boshlagan holda) oʻzgartirmoqchi.
Kapitoliy vo vremya podgotovki k inauguratsii v Vashingtone  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Siyosat
Bu ish bermadi! AQSH demokratiyani deb, dunyodagi rejimlarni agʻdarmaydigan boʻldi
AQSH endilikda qanday harakat qilmoqchi - RIA Novosti materialida.

Yangi davr - yangi usullar

AQSH Davlat departamenti davlat kotibi Entoni Blinkenning ilk rasmiy chiqishi, garchi boʻsh zalda boʻlib oʻtgan boʻlsa-da, ammo juda katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Yarim soat ichida amerika diplomatiyasi rahbari tez orada milliy xavfsizlik strategiyasida biriktirib qoʻyiladigan tashqi siyosatning asosiy yoʻnalishlarini sanab oʻtdi.
Blinken deyarli hech qanday yangi gap aytgan emas: u ham, prezident Jo Bayden ham bu gaplarni soʻnggi oylarda bir necha martadan takrorlashgan. Ammo, shunday esa-da, ayrim gaplar boʻldiki, ularni eʼtibordan chetda qoldirib boʻlmasdi.
Otrajeniye mujchinы na fone flaga YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2020
Kolumnistlar
Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi boʻlib oʻldiradimi?
"Bizning yondashuvimiz oʻzgaradi, — deb eʼlon qildi davlat kotibi. — Biz demokratiyani qimmatbaho harbiy interventsiyalar yoki avtoritar rejimlarni kuch bilan agʻdarishga urinishlar yordamida ilgari surmaymiz". Bunday usullar, garchi, yaxshiliklarni koʻzlab qoʻllanilgan boʻlsada, ammo hech qanday yaxshi oqibatlarga olib kelmadi, deb tan oldi u.
Bundan tashqari, "demokratiyani ilgari surish" soʻzlari salbiy maʼno kasb etdi, va hatto amerikaliklarning oʻzlari ham bu gaplarga ishonmay qoʻygan.
Dunyo oʻzgardi, va yangi sharoitlarda Vashington oʻz eʼtiborini terrorizm tahdididan raqib-derjavalar bilan kurashga yoʻnaltirmoqchi. Demokratiyani ilgari surishni — bu esa avvalgidek AQSH tashqi siyosatining qonunidir — oʻz shaxsiy namunasida koʻrsatish lozim. "Aks holda, biz Xitoy va Rossiya singari raqiblarga qoʻl keladigan ishlarni qilyapmiz, ular bizning ideallarga sobitligimiz borasida gumonlarni yuzaga keltirish uchun duch kelgan imkoniyatlardan foydalanishmoqda. Ularga masalani yengillashtirish kerak emas", - deya xulosa qildi diplomat.

Aytarli boʻlmagan namuna

Oʻtgan yil mamlakatga sinovlarni olib keldi. Birgalikda hisoblaganda Birinchi, Ikkinchi jahon urushlari va Vyetnam urushidagidanda koʻproq amerikaliklarning qurbon boʻlishiga sabab boʻlgan koronavirus infektsiyasi sogʻliqni saqlash tizimidagi notenglikni koʻrsatib berdi. Politsiyachilarning shafqatsizligi va qoratanlilarning oʻldirilishi tufayli yuz bergan irqchilik tufayli qoʻzgʻolonlar jamiyatdagi tizimli irqchilik muammosini ochib tashladi.
Premyer-ministr Polshi Mateush Moravetski i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban pered vstrechey s prezidentom Yevropeyskoy komissii v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2020
Kolumnistlar
Polsha va Vengriya Yevropa ittifoqiga demokratiyani oʻrgatadi va uni vayron qiladi
Prezident saylovlari esa oʻn yilliklardan buyon yuz bergan eng janjalli tadbirga aylandi. Donald Tramp hanuzga qadar ovoz berish natijalarini hisoblashda qalloblikka yoʻl qoʻyildi, deya taʼkidlamoqda. Bu esa fundamental qadriyatlarga nisbatan haqiqiy hujumga olib keldi: oltinchi yanvar kuni saylovchilar ovozi natijalari tasdiqlanayotgan vaqtda olomon Kapitoliy binosiga bostirib kirdi.
Yangi prezident - Jo Bayden oldida birinchi galda mamlakat ichidagi birlikni qayta tiklash zarurati paydo boʻldi, u birinchi galda amerikaliklarning oʻziga - AQSH hamon - demokratiya mashʼalasi ekanligini isbotlamogʻi darkor edi.
"Shtatlarda shaxsiy namuna koʻrsatish borasida katta muammo mavjud, — deydi RIA Novosti bilan suhbatda AQSH va Kanada instituti katta ilmiy xodimi Pavel Koshkin. — Elektoratni safarbar etish uchun ularga ritorik instrument kerak. Ular uchun: biz mamlakatdagi holatni tartibga sola olamiz, deya koʻrsata olishlari muhim".
Prezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2020
Analitika
Yevropa liberal maslakdoshlik va demokratik totalitarizm uchun kurashmoqda
Qaysidir maʼnoda Blinkenning bayonotlarini ichkariga yoʻnaltirilgan hisoblash mumkin, deydi Koshkin. "Boshqa davlatlarda tartib oʻrnatish - oʻziga yarasha stimul: hammasini oʻzdan boshlash kerak", — deya tushuntiradi u.

Taraqqiyot demokratiyaga qarshi

Bayden maʼmuriyati muntazam taʼkidlab keladiki: bosh strategik raqib — Xitoy va uning rivojlanish modelidir. Vashington aynan shuni oʻzgartirishga erishmoqchi.
Pekinning oʻzi esa siyosiy tizimni hech qayerga eksport qilmoqchi emas, bu haqda XXR raisi Si Tszinpin gapirgan edi. "Biz dunyo uchun imkoniyatlarni taraqqiyot yordamida ilgari suramiz", deya tushuntirgan edi u.
Ayrim davlatlarda chindan ham xitoycha davlat boshqaruvining alohida olingan elementlari importiga talab mavjud, deydi Moskva Karnegi markazi maslahatchisi xitoyshunos Temur Umarov. Bunga misol — Markaziy Osiyo mamlakatlaridir, u yerda AQSH taʼsiri yildan-yilga kamayib bormoqda.
AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2016
Rossiya
Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSH Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda
"Mintaqaning barcha avtokratiyalari Xitoy muvaffaqiyatini qaytarishni istaydi: ular demokratik islohotlarsiz rivojlangan davlatga aylanishni istashadi", — deya taʼkidlaydi Umarov. Shu bilan birga har qanday avtokratiya zamonaviy dunyoda demokratiya boʻlib koʻrinishga majbur. Busiz global dunyoda normal mavjudlikning imkoni yoʻq.
Shu bois ritorika darajasida Markaziy Osiyoda hamma islohotlar va inson huquqlari haqida gapirishadi, ammo amalda esa Gʻarbni taqlid modeli sifatida koʻrmaydilar. Agar ilgari, kamida bitta mamlakat — Qirgʻiziston, yaʼni Markaziy Osiyodagi demokratiya oazisi, — koʻproq amerikaparast kayfiyatda boʻlgan boʻlsa, hozirda u ham oʻz fikridan qaytgan va boshqa yoʻldan bormoqda.
Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2016
Dunyoda
BMT Bosh Assambleyasida Obama Oʻzbekiston bilan bogʻliq xato haqida gapirdi
Qoʻshma Shtatlar mintaqada oʻz pozitsiyasini kuchaytirishlari mumkin edi, qachonki Markaziy Osiyoga xuddi hozirda Pekin qilayotgani iqtisodiy jihatdan faolroq jalb etilganlarida. Busiz, deydi Umarov, mafkuraviy planda katta taʼsirga ega boʻlolmaydi.

Unutilmagan eskilik

Yangi maʼmuriyatning ushbu tanlagan yoʻli — Barak Obama davrida boshlangan yoʻlning davomidir. Obama doktrinasi deb atalmish bu yoʻl chet elda amerika harbiylari kontingentining qisqartirilishini koʻzda tutardi. Oʻsha vaqtdayoq demokratlar harbiy usullar unchalik samarali emas, demokratiyani interventsiyalar, okkupatsiya va davlat qurilishi hisobiga emas, balki yumshoq kuch yordamida ilgari surish kerak, degan xulosalarga kelgan edilar.
Amerikanskiy morskoy pexotinets na territorii posolstva SSHA v Bagdade, Irak. 4 yanvarya 2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2020
Analitika
"Qoʻlda qurol bilan uy-uyiga tarqalishdi". AQShning iroq kampaniyasi yutuqlari va xatolari
Ammo 44-prezident bu ishni unchalik uddalay olmadi: 2011-yilda AQSH liviya hukumat qoʻshinlari boʻylab zarba berdi. Obama sal vaqt oʻtib, qaror, albatta, toʻgʻri boʻlganligini, ammo uning oqibatlariga Vashington tayyorgarlik koʻrmaganini tan olgan edi. Liviya tartibsizliklar ummonida qoldi — Obama buni oʻz prezidentligining eng qoʻrqinchli xatosi, deya atadi.
Hozirgi maʼmuriyat uning urinishlarini davom ettiradi va bevosita harbiy interventsiyadan tashqari barcha usullardan foydalanadi, deb hisoblaydi "Iqtisodiyot oliy maktabi" milliy tadqiqot universiteti Yevropa va xalqaro kompleks tadqiqotlar markazi direktori oʻrinbosari Dmitriy Suslov.
Poyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferentsii po Livii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2020
Dunyoda
Fikr: Gʻarb Liviyadagi tinchlik oʻrnatilishining asosiy tashabbuskori kimligini biladi
"Chet eldan keladigan va NNTlar yordami siyosatiga urgʻu berilmoqda, "toʻq sariq rang inqiloblar"ni yanada faolroq qoʻllab-quvvatlaydilar, — deydi u, Suriyada AQSH Bashar Asad rejimiga qarshi bevosita kurash olib bormaganini, balki muxolifat kuchlarga yordam berganini eslatgan holda. — Bu yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan instrumentligicha qolmoqda".
Hozirda Vashington Rossiya, Belarus, Venesuelada muxolifat vakillariga yon bosmoqda. Sal oldin Shtatlar Aleksey Navalniy ishi uchun ayrim rossiyalik amaldorlarga qarshi sanktsiyalar kiritgan edi. Svetlana Tixanovskaya amerika elchisi bilan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi cheklov choralari borasida muhokamalar oʻtkazdi. Kuni kecha Blinken Xuan Gaydo, Venesueladagi muxolifat yetakchisi bilan qoʻngʻiroqlashdi. Xitoy va Eronda AQSH gʻarbparast NNT va dissidentlarga yordam berib keladi.
Aniq harakatlar mamlakatga bogʻliq, deydi Suslov. Qayerdadir bu tomonlarning birini fuqarolik urushida qoʻllab-quvvatlash boʻlishi mumkin, qayerdadir esa - siyosiy inqiroz fitnasi koʻrinishida.
Tank T-54 pravitelstvennыx sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2020
Dunyoda
Liviya davlatchiligini NATO yoʻq qildi - Lavrov
Axborot siyosati, tashviqot, xalq diplomatiyasi. Sanktsiyalar — demokratiyani keng tarqatishning muhim instrumentlaridan biri: ular yoʻq qilinishi lozim boʻlgan elitalarga zarba beradi. Ammo yangi Iroq va Liviyalarga keladigan boʻlsak - bunday operatsiyalar boʻlmaydi.
Tarix shuni koʻrsatadiki: faqatgina shaxsiy namuna bilan demokratiyani tiqishtirish muammoli ish — bu chet el loyihalari uchun mablagʻ ajratishdan-da mushkulroq. Shunday ekan, aftidan, doʻstona kuchlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, Davlat departamentining asosiy instrumentiga aylansa kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala