Analitika

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun kim "pul tikkan". Maxfiy hujjatlar oshkor boʻldi

© Foto : Public domain / George Almarez / National Museum of the U.S. NavyAmerikanskiye voyennыe na ulitsax razrushennoy Xirosimы posle atomnыx bombardirovok, Yaponiya
Amerikanskiye voyennыe na ulitsax razrushennoy Xirosimы posle atomnыx bombardirovok, Yaponiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Igor Panarin Rossiya tashqi razvedka xizmatining yaqindagi topilmasiga izoh berdi. Ushbu material 1940-yillardagi voqealar haqidagi haqiqatni fosh etdi
Gap 1945 yildagi shifr-telegramma haqida bormoqda. U Londondan Moskvaga yuborilgan.
V SSHA anonsirovali novыy istrebitel F-21 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2020
Dunyoda
Pentagon Ikkinchi jahon urushi darajasidagi urushga tayyor boʻlishga chaqirmoqda
Xatda natsist Germaniyasi Imperiya banki vitse-prezidenti Emil Pulning katta partiyadagi oltin quymalarini yetkazib berish boʻyicha operatsiyasi haqida xabar berilgan.
Qimmatbaho metall Bryussel yaqinida joylashgan tuz shaxtalariga olib kelinishi kerak edi.
Bunday ulkan miqdordagi oltin qayerdan olingan? Uni kontslager asirlaridan toʻplashgan.
"Bu Pul nafaqat Reyxsbank vitse-prezidenti, balki bir vaqtning oʻzida Shveytsariyadagi xalqaro hisob-kitoblar banki direktorlar kengashi aʼzosi ham boʻlgan. Bu bugungi kundagi eng muhim tuzilmalardan biri - u hatto AQSH federal rezerv xizmatidan ham aʼloroq", - dedi ekspert.
Uning aytishicha, Shveytsariya tuzilmasi "asoschilari" Yevropadagi yirik moliya tashkilotlari boʻlishgan: fashist Germaniyasining Imperiya banki, Angliya banki.
Prezident RF V. Putin provel soveщaniye po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnaщeniya Voorujennыx sil - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2020
Siyosat
Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani oʻzgartirdi
Bularning barchasida AQSH ham ishtirok etgan: muassislar amerika xususiy banklari boʻlgan, ular orasida mashhur Morgan bankirlar uyi ham bor edi.
Uning "gullab-yashnash" davri Ikkinchi jahon urushiga toʻgʻri kelgan, oʻshanda moliyaviy operatsiyalar hajmi rekord raqam - yarimtrillion dollarga yetgan.
"Bu Uchinchi reyx oltin zaxiralarining beshdan toʻrt qismidir. Bularning barchasi shifr-telegrammda aks etgan", - deb qoʻshimcha qildi siyosatshunos.
Ammo bu qandaydir sabab bilan jahon OAVlari eʼtiboridan chetda qolgan.
Uzbekkino snimayet v Belarusi film k 75-letiyu Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2020
Madaniyat
Ikkinchi jahon urushida 5 oʻgʻlini yoʻqotgan oʻzbek ayoli haqida film suratga olinmoqda
Shu bilan birga, Angliya banki Gitlerni u hukumat tepasiga kelayotgan vaqtda qoʻllab-quvvatlagani maʼlum. Gap 1930-yillar boshi haqida bormoqda.
Aynan shu britan moliyaviy tuzilmasi boʻlgʻusi natsistlar yetakchisining saylov kampaniyasiga faol ravishda pul tikib kelgan.
Gitlerni qoʻllab-quvvatlash ishlarida amerikaliklar ham ishtirok etganlar - arxiv materiallariga murojaat qilinsa, oʻsha, obroʻli Morganlar oilasi, Buyuk tushkunlikni "yuzaga keltirishga" va XX asrdagi keng koʻlamli jahon inqirozi boshlanishiga aloqador.
Ushbu inqiroz Federal rezerv xizmatini yanada rivojlantirish maqsadida "qoʻlbola" tarzda amalga oshirilganligini koʻrsatuvchi faktlar mavjud, deydi siyosatshunos.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala