Rossiya

Kosmosdan hujum: Apofis asteroidi Yerga qulashi mumkinmi?

© Depositphotos / Shad.offGoryaщiy meteor vo vremya vxoda v atmosferu Zemli
Goryaщiy meteor vo vremya vxoda v atmosferu Zemli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Bugungi kunda Apofis asteroidi 8 yil ichida eng yaqin masofaga Yerga yaqinlashadi. Bu olimlarga uning orbita parametrlarini aniqlashtirishga, uning nimadan iboratligini tushunishga imkon beradi.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Bugungi kunda Apofis asteroidi 8 yil ichida eng yaqin masofaga Yerga yaqinlashadi. Bu olimlarga uning orbita parametrlarini aniqlashtirishga, uning nimadan iboratligini tushunishga imkon beradi. Bunday maʼlumotlar 2029 va 2068 yillarda Yer bilan toʻqnashuv ehtimolini rad etish yoki tasdiqlash uchun zarur. Apofisning sayyoraga qulashi halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan.
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2021
Dunyoda
Yerga “Apollon” guruhiga kiruvchi ulkan asteroid yaqinlashmoqda
2004 yilda Sonora choʻlida (Arizona, AQSH) joylashgan Kitt-Pik milliy rasadxonasi xodimlari Yerga nisbatan yaqin boʻlgan nomaʼlum asteroidni aniqlashdi. Yomon ob-havo va texnik muammolar asteroidni yaxshilab koʻrib chiqishni qiyinlashtirdi. Biroq, bu samoviy jismning diametri taxminan 400 metr ekanligini maʼlum boʻldi.
Bir necha oydan soʻng, Sayding-Spring rasadxonasi (Avstraliya) mutaxassislari asteriodni oʻrganib chiqdi. Ular amerikalik hamkasblarining maʼlumotlarini tasdiqladi va orbita parametrlarini aniqladi.
Dekabrda, maʼlumotlarni tahlil qilgandan soʻng, NASA Yerga yaqin obʼyektlarni oʻrganish markazi mutaxassislari hisoblab chiqdilar: Yer bilan toʻqnashuv ehtimoli taxminan 2 foizni tashkil qiladi va tabiiy ofatning taxmin qilingan sanasi 2029 yil 13 aprel. 2004 MN4 asteroidi (keyinchalik qadimgi Misr zulmat va yovuzlik xudosi sharafiga Apofis deb nomlandi) - astronomik obʼyektga Turin shkalasi boʻyicha 4 balla berilgan.
Kuzatuvlar tufayli olimlar deyarli har hafta potentsial xavfli obʼyektlarni aniqlaydi. Ularning orbitalari sayyora orbitasini kesib oʻtadi va shuning uchun toʻqnashuv ehtimoli juda kichik. Apofis kashf etilganidan beri 20 mingga yaqin bunday osmon jismlari - asteroidlar va kometalar aniqlandi. Biroq, Apofis hanuz eng jiddiy tahdidlardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala