Qozog‘iston aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

© VK / scat.airlinesKazaxstanskaya aviakompaniya SCAT poluchila razreshenie na vipolnenie poletov po marshrutu Aktau-Urgench-Aktau.
Kazaxstanskaya aviakompaniya SCAT poluchila razreshenie na vipolnenie poletov po marshrutu Aktau-Urgench-Aktau. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston parvozlar barcha sanitariya-epidemiologiya talablarini hisobga olgan holda va aviakompaniya saytida e’lon qilingan jadvalga muvofiq amalga oshirilishini ta’kidladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Qozog‘iston Industriya va infratuzilmani rivojlantirish vazirligining fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmati kelasi dushanba, 8-martdan boshlab mahalliy SCAT aviakompaniyasi samolyotlari “Aktau-Urganch” yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba parvozlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.
Perviy pilotniy avtobusniy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapushen v patnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
O‘zbekiston-Qozog‘iston: avtobus qatnovlarini tezroq tiklash masalasi muhokama qilindi
Reyslar dushanba va chorshanba kunlari Boing-737 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, parvozlar barcha sanitariya-epidemiologiya talablarini hisobga olgan holda va aviakompaniya saytida e’lon qilingan jadvalga muvofiq amalga oshirilishini ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekiston Transport vaziri – “Uzbekistan airways” AJ boshqaruv raisi Ilxom Mahkamov Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantrish vaziri Beybut Atamkulov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazgandi.
Unda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yo‘lovchi avtobuslari qatnovlarini tezroq tiklash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaparvozlar sonini oshirish, yangi qatnov yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama etildi. 
Yangiliklar lentasi
0