Rospotrebnadzor rahbari "Mehr-Saxovat" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

© IA "Dunyo"Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Abduxakim Xadjibayev vruchil rukovoditelyu Rospotrebnadzora Anne Popovoy nagrudniy znak "Mexr-saxovat"
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Abduxakim Xadjibayev vruchil rukovoditelyu Rospotrebnadzora Anne Popovoy nagrudniy znak Mexr-saxovat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaga "Mehr-Saxovat" ko‘krak nishonini topshirdi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova "Mehr-Saxovat" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi, deb xabar qildi "Dunyo" AA.
Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev Anna Popovaga ko‘krak nishonini topshirdi. Tadbir seshanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi.
Anna Popova yuksak mukofot uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.
COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon Rospotrebnadzor O‘zbekistonga infeksiyani aniqlovchi 140 mingta test to‘plamini taqdim etdi, bu SSV ma’lumotlariga ko‘ra, virusni o‘z vaqtida aniqlash va tarqalishini oldini olishga imkon berdi.
Shuningdek, Rossiyaning yetakchi mutaxassislari o‘zbek hamkasblariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish uchun respublikaga yuborilgandi.
Bundan tashqari, ushbu tashkilot “SPID infosvaz” tashkiloti va UNAIDS bilan hamkorlikda mamlakatimizga birlamchi tibbiy-profilaktika, akusherlik, ginekologik, kardiologik va urologik yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan ko‘chma diagnostika majmuasi hamda xavfli infeksiyalarni (OITS, COVID-19 va boshqalar) tekshirish va aniqlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etdi.
Yangiliklar lentasi
0