Analitika

Rossiya butun Markaziy Osiyoni inqirozdan olib chiqishi mumkin – ekspert

© FOTO s sayta Financial strategies Dmitriy Golubovskiy
Dmitriy Golubovskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Moliyaviy tahlilchi fikrga koʻra, kelajak 10 yilda Markaziy Osiy davlatlari taqdiri Rossiya iqtisodiy rivojlanishiga bogʻliq boʻladi.
TOSHKENT, 5 mar - Sputnik. Rossiya butun Markaziy Osiyoni inqirozdan olib chiqishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik ekspert Dmitriy Golubovskiy.
BMT mutaxassislari xulosasiga koʻra, Mana bir necha oydan buyon jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshmoqda. Bu ayniqsa shakar va oʻsimlik moyi narxlarida bilinmoqda.
Moliyaviy tahlilchi xulosasiga koʻra bu yangi trend boʻlib kelajak 10 yil davom etishi mumkin.
“Moliyachilar buni “xom-ashyo supertsikli” deyishadi. Bu ancha uzoq davom etishi mumkin... Oʻtgan tsikla neft narxi necha yil davomida oshgani esingizdami? 1998 yilda boshlanib 2008 yilgacha davom etdi va keskin quladi. Umumiy hisobda 10 yil”, - dedi ekspert.
Oziq-ovqat, metallurgiya va yonilgʻi sohalarini ham xuddi shunday tendentsiya kutmoqda. Bularning barchasi dollarga bogʻliq. Aniqrogʻi uning qadrsizlanish davriga. Amerikaliklar oʻzlarining  qarz bosimini kamaytirish maqsadida umumjahon inflyatsiyasini uyushtirmoqda.
Zam predsedatelya soveta direktorov OAO NK Rosneft Igor Sechin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2020
Iqtisod
Pandemiyadan keyingi iqtisod - "Rosneft" rahbarining nutqi
Dunyoda dollar miqdori juda koʻpayib ketgan va uni qadrsizlantirish kerak deb hisoblaydi Golubovskiy.
Bu ishni ikkita uslub bilan amalga oshirish mumkin: qarz inqirozi yoki inflyatsiya yordamida. Qarz inqirozida asosan boylar zarar koʻradi, inflyatsiyada esa – barcha.
Dunyo – ikkinchisini tanladi va barcha muammolarni pul bilan “yopish”ga kirishdi, deb hisoblaydi moliyaviy tahlilchi.
Bunday qarordan barcha mahsulot va xizmatlar narxi faqat oshib boradi. Ushbu vaziyatda kambagʻal davlatldar ayniqsa katta xavf ostida. Ular uchun yagona yechim – boy davlatlar bilan savdo ittifoqlari tuzish yoki iqtisodiy ittifoqlarga qoʻshilish.
“Agar Rossiya yaxshi iqtisodiy oʻsish namoyish etsa, u oʻz ortidan barcha qoʻshnilarini tortib ketishi mumkin. Bu hududiy faktor deyiladi – kuchli iqtisod har doim qoʻshnilarini oʻz ortidan tortadi. Chunki qoʻshnilar bu mamlakatga ishlash uchun kelib koʻproq pul topishlari mumkin, boy iqtisodlar ayrim ishlarni outsorsing maqsadida qoʻshni davlatlarga oʻtkazishi mumkin yoki savdo aloqalar yordamida oʻsish kuzatilishi mumkin”, - deydi Golubovskiy.
Moliyaviy tahlilchi xulosasiga koʻra, xom-ashyo narxi oʻsish tsiklida Rossiya iqtisodi oʻsib borsa (bunday boʻlish ehtimoli katta, chunki Rossiya iqtisodi asosan xom-ashyoga asoslangan), bunday holda – Rossiya butun  Markaziy Osiyoni oʻz ortidan tortib ketishi mumkin.
Batafsil Sputnik audiopodkastida tinglang.
Rossiya mojet vыtyanut za soboy vsyu Tsentralnuyu Aziyu — mneniye eksperta
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala