Shavkat Mirziyoyevning IHT sammitidagi 8ta tashabbusi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupil na 14-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva (OES)
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupil na 14-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva (OES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
Karantin cheklovldarini bekor qilish, transafg‘on temir yo‘lini qo‘llab-quvvatlash, muqobil energetikani rivojlantirish - O‘zbekiston prezidentining IHT sammitidagi tashabbuslari.
TOShKENT, 5 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 4 mart kuni videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan 14-onlayn sammitida nutq so‘zladi.
Shavkat Mirziyoyev so‘z boshida IHT raisi Rejep Tayyip Erdog‘anga koronavirus pandemiyasi davrida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston nomidan quyidagi tashabbuslarni aytib o‘tdi: 
  1. Iqtisodiy o‘sishning asosiy drayveri – hech shubhasiz, savdo va investitsiya aloqalarini kuch́aytirishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning a’zo davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasi salkam ikki barobarga o‘sdi. O‘tgan yili murakkab vaziyatga qaramasdan, bu hajmlarni saqlab qolishga erishdik. Biz, Tashkilotga a’zo mamlakatlar tomonidan karantin davrida o‘rnatilgan savdo va transport cheklovlarini bartaraf etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz. O‘ylaymanki, raqamli texnologiyalar va elektron tijoratni keng joriy etish savdo aloqalarimizni sezilarli ravishda yengillashtiradi. Shu ma’noda, Turkiya ilgari surayotgan Savdoga ko‘maklashish bo‘yicha bitimni kelishish va qabul qilishni tezlashtirish lozim, deb hisoblaymiz.
  2. “Bir-birini to‘ldiruvchi nuqtalarni topish” tamoyili asosida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish xalqlarimizning umumiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.Bu muhim rejani amalga oshirish uchun aniq yo‘nalish va loyihalarni qamrab olgan qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz.
  3. A’zo davlatlar o‘rtasida mablag‘lar, tovarlar va xizmatlar erkin aylanishini ta’minlash, banklararo aloqalarni va moliyalashtirishni kengaytirish dolzarb masaladir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun yaqin istiqbolda mamlakatlarimiz banklari ishtirokida xalqaro Bank-moliya Forumini o‘tkazishni taklif qilamiz.
  4. Mintaqalarimizning transport yo‘laklarini kengaytirish va tranzit salohiyatini oshirish, o‘zaro iqtisodiy hamkorligimizni yanada jadallashtiradi. Biz, O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon, O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy transport yo‘laklarini, shuningdek, Ozarbayjon orqali Turkiya va Yevropa davlatlariga chiqish yo‘llarini rivojlantirishdan manfaatdormiz. Shu bilan birga, yangi taklif etilgan Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘lining qurilishi Afg‘onistonni keng mintaqalarimizga integratsiya qilish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ulkan ahamiyat kasb etadi.
  5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan birgalikda, Tashkilotimizning Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi yangi Dasturini ishlab chiqish va qabul qilish zarur, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan, joriy yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining, navbatdagi yig‘ilishini biz O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyormiz.
  6. Qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalariga boy mintaqamizda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish imkoniyatlari nihoyatda kattadir. Energetika barqarorligini ta’minlash, sohaga investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etishga qaratilgan O‘rta muddatli Strategiyani ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif etaman.
  7. Ekologiya va global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolar oqibatlarini mintaqamizda, jumladan, Orolbo‘yi hududida yaqqol sezayapmiz. Bu masalaga yechim topish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarimizni o‘zaro birlashtirish lozim. Bu yo‘lda ta’sirchan mintaqaviy hamkorlikning aniq mexanizmlarini joriy etishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
  8. Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz lozim. Tashkilot doirasida epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va tegishli chora-tadbirlarni oldindan rejalashtirish tizimini amaliyotga joriy etishni taklif qilamiz.
Nutq so‘ngida Shavkat Mirziyoyev Ashhobodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan navbatdagi sammitda barcha bilan ko‘rishishga umid bildirdi. 
Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1977-yilda tashkil qilingan. Dastlab unda Eron, Turkiya va Pokiston a’zo bo‘lgan. 1992-yilda IHTga O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo bo‘lgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaChetirnadsatiy sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva proshel v onlayn-formate. Sleduyushee meropriyatie resheno provesti v Turkmenistane, k kotoromu pereshlo predsedatelstvo v OES
Chetirnadsatiy sammit Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva proshel v onlayn-formate. Sleduyushee meropriyatie resheno provesti v Turkmenistane, k kotoromu pereshlo predsedatelstvo v OES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Yangiliklar lentasi
0