Soʻxda "Xotira va Gʻalaba" bogʻi barpo etilmoqda

© Xokimiyat Soxskogo rayonaPark Pobedы postroyat v Soxskom rayone
Park Pobedы postroyat v Soxskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Bogʻni talab darajasida tashkil etish, yangi oʻrindiqlar oʻrnatish, eski favvora oʻrniga yangisini qurish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan
TOSHKENT, 5 mar - Sputnik. Soʻx tumanining xushmanzara Soybozor mavzesida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan "Xotira va Gʻalaba" bogʻi bunyod etiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Park Pobedы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2020
Jamiyat
Toshkentda Gʻalaba bogʻi ochildi – video
Taʼkidlanishicha, "Xotira va Gʻalaba” bogʻini tashlandiq goʻshaga aylanib qolgan amfiteatr oʻrnida bunyod etiladi.
"Bu soʻlim goʻshada dam olish maskani bunyod etishdan asosiy maqsad fuqarolarimiz uchun madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratib berish, tarixiy sana va bayram tadbirlarini aynan mana shu maskanda oʻtkazish, Soʻxning mard va jasur oʻgʻlonlari, Vatan taraqqiyotiga hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishdan iborat. Bu yerda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Sovet Ittifoqi qahramoni Amirali Saidbekov va Leningrad shahri qahramoni Teshaboy Odilov xotiralariga bagʻishlab maxsus goʻsha tashkil etish niyatimiz bor", - degan Sayidmusayev.
Glava Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2020
Jamiyat
Yangi Gʻalaba bogʻi oʻzbek xalqining gʻalabaga qoʻshgan hissasini aks ettiradi – Tanzila Narbayeva
Tashkil etilgan obodonlashtirish hasharida faol qatnashgan tuman obodonlashtirish boʻlimi ishchi-xodimlari, afgʻon urushi qatnashchilari, 12494-harbiy qism askar va zobitlari bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qilishdi. Hasharchilarga amfiteatrning oʻzida tushlik tayyorlandi.
Bogʻni talab darajasida tashkil etish, yangi oʻrindiqlar oʻrnatish, eski favvora oʻrniga yangisini qurish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan tumanning qoʻli gul ustalari chaqirilib, ularga tuman hokimining asosiy maqsadi tushuntirildi.
"Maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarimiz boʻlib oʻtadigan goʻshada hamma narsa milliy mentalitetimizga xos boʻlishi lozim", - deya taʼkidlagan Sayidmusayev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala