So‘xda "Xotira va G‘alaba" bog‘i barpo etilmoqda

© Xokimiyat Soxskogo rayonaPark Pobedi postroyat v Soxskom rayone
Park Pobedi postroyat v Soxskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Obuna bo‘lish
Bog‘ni talab darajasida tashkil etish, yangi o‘rindiqlar o‘rnatish, eski favvora o‘rniga yangisini qurish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan
TOShKENT, 5 mar - Sputnik. So‘x tumanining xushmanzara Soybozor mavzesida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi bilan "Xotira va G‘alaba" bog‘i bunyod etiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Park Pobedi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2020
Toshkentda G‘alaba bog‘i ochildi – video
Ta’kidlanishicha, "Xotira va G‘alaba” bog‘ini tashlandiq go‘shaga aylanib qolgan amfiteatr o‘rnida bunyod etiladi.
"Bu so‘lim go‘shada dam olish maskani bunyod etishdan asosiy maqsad fuqarolarimiz uchun madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratib berish, tarixiy sana va bayram tadbirlarini aynan mana shu maskanda o‘tkazish, So‘xning mard va jasur o‘g‘lonlari, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishdan iborat. Bu yerda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Sovet Ittifoqi qahramoni Amirali Saidbekov va Leningrad shahri qahramoni Teshaboy Odilov xotiralariga bag‘ishlab maxsus go‘sha tashkil etish niyatimiz bor", - degan Sayidmusayev.
Glava Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2020
Yangi G‘alaba bog‘i o‘zbek xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradi – Tanzila Narbayeva
Tashkil etilgan obodonlashtirish hasharida faol qatnashgan tuman obodonlashtirish bo‘limi ishchi-xodimlari, afg‘on urushi qatnashchilari, 12494-harbiy qism askar va zobitlari bir yoqadan bosh chiqarib, mehnat qilishdi. Hasharchilarga amfiteatrning o‘zida tushlik tayyorlandi.
Bog‘ni talab darajasida tashkil etish, yangi o‘rindiqlar o‘rnatish, eski favvora o‘rniga yangisini qurish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan tumanning qo‘li gul ustalari chaqirilib, ularga tuman hokimining asosiy maqsadi tushuntirildi.
"Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarimiz bo‘lib o‘tadigan go‘shada hamma narsa milliy mentalitetimizga xos bo‘lishi lozim", - deya ta’kidlagan Sayidmusayev.
Yangiliklar lentasi
0