"Sputnik Layt" vaktsinasi klinik sinovlarining ikkinchi fazasi yakunlandi - SSV

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga
Otkrыtiye punktov vaktsinatsii v torgovыx tsentrax Yekaterinburga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
RTTIF rahbari Kirill Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, "layt-versiya" asosan, kuchli epidemik oʻchoqlar boʻlgan tashqi bozorlarga moʻljallangan, Rossiyada esa asosiy vaktsina maqomini "Sputnik V" saqlab qolmoqda.
TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiyada "Sputnik Layt" vaktsinasi klinik sinovlarining ikkinchi fazasi yakunlandi, deb xabar qildi RF Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Rossiya dushmanlari "Sputnik V" yetakchiligidan qoʻrqishadi – RTTIF
"Hozir ular (maʼlumotlar. — tahr.) ekspertlar baholashi uchun yoʻnaltirilgan", — dedi u jurnalistlarga.
Uchinchi faza tadqiqotlarini oʻtkazishga ruxsatnoma bor, u fevral oyi oʻrtalarida olingan. Bu tadqiqotni ikki guruhda platsebodan foydalangan holda oʻtkazishadi, sinovlar 2022 yilning 28 yanvarida yakunlanishi kerak.
"Sputnik Layt" - Gamaleya markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri infestitsiyalar fondi bilan hamkorlikda yaratilgan va yaxshi oʻrganilgan inson adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan "Sputnik" vaktsinalari lineykasiga kiradi.
Gruz s rossiyskoy vaktsinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infektsii covid-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
"Sputnik V" vaktsinasi qisqa muddatda yaratilishi siri nimada?
RTTIF rahbari Kirill Dmitriyevning soʻzlariga koʻra, "layt-versiya" asosan, kuchli epidemik oʻchoqlar boʻlgan tashqi bozorlarga moʻljallangan, Rossiyada esa asosiy vaktsina maqomini "Sputnik V" saqlab qolmoqda.
Gamaleya markazi direktori Aleksandr Gintsburgning qayd etishicha, yuqorida aytilgan davlatlarda "Sputnik Layt"dan foydalanish kasallanish pik darajasini tushirishga va mahalliy sogʻliqni saqlash idoralariga tushadigan yukni yengillatishga imkon yaratadi.
Ushbu vaktsinadan soʻng immunitet, 3-4 oy saqlanishi mumkin, emlash samaradorligi esa 85%ni tashkil etadi, dedi olim.
Sxemaga muvofiq faqat bitta inʼyektsiya qilinadi ("Sputnik V"ning birinchi komponenti) va antitanachalar ishlab chiqilishi davri ham qisqa boʻladi. Shu bilan birga, agarda emlangan inson koronavirus bilan kasallansa, COVID-19ning ogʻir turi unga xavf solmaydi, nega deganla virus qoʻzgʻatuvchisi oʻpkaga tushmaydi. Himoyani uzaytirish uchun uch oydan soʻng ikkinchi komponentni olsa boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala