Buxoroda "ijtimoiy yotoqxona"ga joylashtirilgan ayol xonadonni fohishaxonaga aylantirdi

© Fred DUFOUR / AFPDevushka legkogo povedeniya
Devushka legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2021
Obuna bo‘lish
Buxorolik ayol mazkur uyning o‘zi va farzandlariga ajratib berilgan xonasida 40 ming so‘m evaziga fuqarolar — J.M. va A.N.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini fohishaxonaga aylantirgani aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatiga tayangan holda.
Jenshina legkogo povedeniya v gostinitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2020
Sirdaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan “o‘ta tajribali” fohisha qo‘lga olindi
Xabarda aytilishicha, doimiy turar joyiga ega bo‘lmagan, ajrashgan, 3 nafar farzandi bo‘lgan ayol Qorako‘l tumanida tashkil etilgan "ijtimoiy yotoqxona"da vaqtinchalik yashash uchun joylashtirilgan.
2021 yilning 18-fevral kuni ayol mazkur uyning o‘zi va farzandlariga ajratib berilgan xonasida 40 ming so‘m evaziga fuqarolar — J.M. va A.N.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.
Fuqaro fohishaxona tashkil qilganligi tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-modda 2-qismi (fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0