https://oz.sputniknews-uz.com/20210306/DKhKhdagi-vakant-zhoyni-5-ming-ga-pullatgan-uddaburro-shakhs-lga-olindi-16143185.html
DXXdagi vakant joyni 5 ming $ga pullayotgan uddaburro shaxs qoʻlga olindi
DXXdagi vakant joyni 5 ming $ga pullayotgan uddaburro shaxs qoʻlga olindi
Jinoyatchi katta leytenant unvonidagi DXX formasida arizachidan kelishilgan 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda, operatsiya ishtirokchilari... 06.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-06T10:04+0500
2021-03-06T10:04+0500
2021-03-06T10:05+0500
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/10/16014298_26:0:1276:703_1920x0_80_0_0_e7111a7ccee8a49a005cb408a3fb33c2.jpg
TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Toshkent shahrida DXXga ishga kirgizib qoʻyish uchun fuqarodan 5 000 dollar talab qilgan shaxs daliliy ashyolar bilan ushlandi, deb xabar bermoqda IIBB axborot-xizmati.Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. 3 mart kuni viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada, oʻzini "DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi" deb tanishtirgan shaxs oʻgʻlini DXX harbiy qismlaridan biriga ishga kiritib qoʻyish uchun 5 ming AQSH dollari talab qilayotganligini maʼlum qilib, qonuniy chora koʻrishini soʻragan.Mazkur murojaatga asosan, Toshkent viloyati IIBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va Oʻz xavfsizlik boshqarmasi viloyat boʻlimi xodimlari va DXX xodimlari hamkorligida Chirchiq shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan."DXX Toshkent shahar boshqarmasi Kadrlar boʻlimi boshligʻi" deb tanishtirgan E.M. katta leytenant unvonidagi DXX formasida arizachidan kelishilgan 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda, operatsiya ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.Oʻtkazilgan suhbat davomida ushbu shaxs – Surxondaryo viloyatida yashovchi 1998 yilda tugʻilgan E.M. hech bir davlat organi yoki boshqa tashkilotda ishlamasligi, shuningdek, avvalroq DXXga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtaganligi aniqlangan.Ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20200716/DKhKh-zbekiston-bylab-bir-nechta-amaldorlarni-alollik-vaktsinasi-bilan-emladi-14554009.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/10/16014298_182:0:1119:703_1920x0_80_0_0_7ca004393fb5908a20e577b43bf3d1e1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
DXXdagi vakant joyni 5 ming $ga pullayotgan uddaburro shaxs qoʻlga olindi
10:04 06.03.2021 (yangilandi: 10:05 06.03.2021) Jinoyatchi katta leytenant unvonidagi DXX formasida arizachidan kelishilgan 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda, operatsiya ishtirokchilari tomonidan ushlangan
TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Toshkent shahrida DXXga ishga kirgizib qoʻyish uchun fuqarodan 5 000 dollar talab qilgan shaxs daliliy ashyolar bilan ushlandi, deb xabar bermoqda IIBB axborot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. 3 mart kuni viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada, oʻzini "DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi" deb tanishtirgan shaxs oʻgʻlini DXX harbiy qismlaridan biriga ishga kiritib qoʻyish uchun 5 ming AQSH dollari talab qilayotganligini maʼlum qilib, qonuniy chora koʻrishini soʻragan.
Mazkur murojaatga asosan, Toshkent viloyati IIBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va Oʻz xavfsizlik boshqarmasi viloyat boʻlimi xodimlari va DXX xodimlari hamkorligida Chirchiq shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
"DXX Toshkent shahar boshqarmasi Kadrlar boʻlimi boshligʻi" deb tanishtirgan E.M. katta leytenant unvonidagi DXX formasida arizachidan kelishilgan 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda, operatsiya ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Oʻtkazilgan suhbat davomida ushbu shaxs – Surxondaryo viloyatida yashovchi 1998 yilda tugʻilgan E.M. hech bir davlat organi yoki boshqa tashkilotda ishlamasligi, shuningdek, avvalroq DXXga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtaganligi aniqlangan.
Ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.