Siyosat

Kamilov YEI delegatsiyasi rahbarini qabul qildi: qanday masalalar koʻrib chiqildi?

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
Suhbat davomida Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 5-mart kuni Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan, elchi Sharlotta Adrianni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.11.2020
Iqtisod
YEI Markaziy Osiyo davlatlariga 134 million yevro yordam puli ajratdi
Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Vazir Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga Oʻzbekiston va Yevroittifoq oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Yevroittifoq oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha muzokaralar jarayonini ijobiy baholadilar.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlar, jumladan "Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi, "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha yuqori darajadagi muloqotining navbatdagi davrasini oʻtkazish jadvali, kun tartibi va tashkiliy masalalari koʻrib chiqildi.
2021-yil mart oyining oxiriga qadar Oʻzbekistonga "GSP+" maqomi berilishiga umid bildirildi, bu esa Oʻzbekiston va YEI mamlakatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oshirishga yordam beradi.
YEI bilan taʼlim sohasida, xususan, yangi "Erasmus" dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala