https://oz.sputniknews-uz.com/20210306/Mirziev-khotin-izlarni-8-mart-bilan-tabrikladi-16143453.html
Mirziyoyev xotin-qizlarni 8-mart bilan tabrikladi
Mirziyoyev xotin-qizlarni 8-mart bilan tabrikladi
"Bundan buyon Oʻzbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning eʼtiboridan chetda qolmaydi", deya vaʼda bergan davlat rahbari bayram arafasida tashkillashtirilgan... 06.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-06T12:01+0500
2021-03-06T12:01+0500
2021-03-06T17:26+0500
siyosat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/06/16144309_0:48:1280:771_1920x0_80_0_0_c4877a9db12d747902c63b182ed9d4c6.jpg
TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xotin-qizlarini 8 mart ayyomi bilan tabrikladi. Ayni daqiqalarda poytaxtdagi "Kongress-holl"da 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtmoqda, deb xabar bermoqda AOKA."Hamma harakatlarimizda ayollarimiz, muqaddas onalarimizni rozi qilish yotadi. Mana shunday paytda, siz azizlarning shaʼningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir boʻlib tugʻilmaganiga afsuslanib qoladi. Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-gʻayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni, murakkab pandemiya sharoitida, ayniqsa, chuqur his etmoqdamiz. Sizlarning barcha sohalardagi fidokorona mehnatingiz hisobidan mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obroʻ-eʼtibori tobora ortib bormoqda. Bugun barcha sohalarda marrani juda katta olyapmiz, ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oshiryapmiz. Ular, birinchi navbatda, onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayoti va mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Fursatdan foydalanib, barchamizga doimo togʻdek tayanch boʻlib kelayotganingiz uchun sizlarga, butun Oʻzbekiston xotin-qizlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman", - degan Oʻzbekiston rahbari.Mirziyoyevning taʼkidlashicha, muammolar boʻyicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim — "Ayollar daftari" joriy etildi va keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu «daftar»ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi.Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir ayollarning 32 ming nafari ish bilan taʼminlandi. Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar koʻrsatildi. Ayol farzandi baxtli boʻlsa, asl baxtni his etadi. Birgina "Har bir oila — tadbirkor" dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Deyarli 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan oʻqitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi. "Besh muhim tashabbus" doirasida chekka hududlarda tikuvchilik tsexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi taʼminlandi.Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar ayollarga qariyb 22 milliard soʻmlik boshlangʻich badallar toʻlab berildi.Joriy yilda ham ushbu xayrli ishlar davom ettiriladi va bu borada kuni kecha yangi qaror imzolangan. Unga koʻra, jamiyatda ayollarga boʻlgan eʼtiborni eng quyi boʻgʻingacha, mahallagacha tushirib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratilmoqda."Bundan buyon Oʻzbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning eʼtiboridan chetda qolmaydi", deya vaʼda bergan davlat rahbari.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210305/zbekiston-atida-allar-issasi-16142900.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210303/zbekistonda-moddiy-avoli-oir-allarga-bepul-saat-uyushtirilmoda-16117093.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20210304/Mirziyoyev-bir-guruh-ayollarni-bayram-munosabati-bilan-taqdirladi-16131153.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/03/06/16144309_0:7:1280:812_1920x0_80_0_0_24d572096dab466b43c90e13eba983bd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Mirziyoyev xotin-qizlarni 8-mart bilan tabrikladi
12:01 06.03.2021 (yangilandi: 17:26 06.03.2021) "Bundan buyon Oʻzbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning eʼtiboridan chetda qolmaydi", deya vaʼda bergan davlat rahbari bayram arafasida tashkillashtirilgan tantanali tadbirda
TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xotin-qizlarini 8 mart ayyomi bilan tabrikladi. Ayni daqiqalarda poytaxtdagi "Kongress-holl"da 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtmoqda, deb xabar bermoqda AOKA.
"Hamma harakatlarimizda ayollarimiz, muqaddas onalarimizni rozi qilish yotadi. Mana shunday paytda, siz azizlarning shaʼningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir boʻlib tugʻilmaganiga afsuslanib qoladi. Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-gʻayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni, murakkab pandemiya sharoitida, ayniqsa, chuqur his etmoqdamiz. Sizlarning barcha sohalardagi fidokorona mehnatingiz hisobidan mamlakatimizning qudrati va salohiyati, xalqaro obroʻ-eʼtibori tobora ortib bormoqda. Bugun barcha sohalarda marrani juda katta olyapmiz, ulkan dasturlar, reja va loyihalarni amalga oshiryapmiz. Ular, birinchi navbatda, onalarimiz, opa-singillarimiz, aziz farzandlarimizning hayoti va mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Fursatdan foydalanib, barchamizga doimo togʻdek tayanch boʻlib kelayotganingiz uchun sizlarga, butun Oʻzbekiston xotin-qizlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman", - degan Oʻzbekiston rahbari.
Mirziyoyevning taʼkidlashicha, muammolar boʻyicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim — "Ayollar daftari" joriy etildi va keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan ushbu «daftar»ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir ayollarning 32 ming nafari ish bilan taʼminlandi. Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Ayol farzandi baxtli boʻlsa, asl baxtni his etadi. Birgina "Har bir oila — tadbirkor" dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Deyarli 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan oʻqitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi. "Besh muhim tashabbus" doirasida chekka hududlarda tikuvchilik tsexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi taʼminlandi.
Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar ayollarga qariyb 22 milliard soʻmlik boshlangʻich badallar toʻlab berildi.
Joriy yilda ham ushbu xayrli ishlar davom ettiriladi va bu borada kuni kecha yangi qaror imzolangan. Unga koʻra, jamiyatda ayollarga boʻlgan eʼtiborni eng quyi boʻgʻingacha, mahallagacha tushirib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratilmoqda.
"Bundan buyon Oʻzbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning eʼtiboridan chetda qolmaydi", deya vaʼda bergan davlat rahbari.