Rossiya va Frantsiya maxfiy tarzda diplomatlarni chiqarib yuborishdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
Ekspertlar Les Echos bilan suhbatda, diplomatlarning chiqarib yuborilgani haqidagi fakt Rossiya va Frantsiya oʻrtasidagi shundoq ham ziddiylashib turgan munosabatlarni murakkablashtirmaslik uchun ommaga oshkor qilinmaganligini taxmin qilishdi.
TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya va Frantsiya 2020 yilning oxirida bir nafardan diplomatni maxfiy tarzda chiqarib yuborishgan, deb xabar bermoqda Les Echos.
Sotrudnik politsii na Krasnoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Siyosat
Rossiya uch nafar yevropa diplomatlarini aktsiyalarda ishtiroki uchun davlatdan chiqarib yubordi
Nashrning yozishicha, Rossiyaning Parijdagi elchixonasi iqtisodiy boʻlim xodimini josuslikda gumonlab, Frantsiyadan chiqarib yuborishgan. Rossiya aks javob choralarini qoʻllagan va Frantsiyaning Moskvadagi elchixonasi iqtisodiy boʻlim xodimini chiqarib yuborgan.
Rossiya TIV va Frantsiyaning Moskvadagi elchixonasi nashrga ushbu xabar yuzasidan izoh bermagan.
Ekspertlar Les Echos bilan suhbatda, diplomatlarning chiqarib yuborilgani haqidagi fakt Rossiya va Frantsiya oʻrtasidagi shundoq ham ziddiylashib turgan munosabatlarni murakkablashtirmaslik uchun ommaga oshkor qilinmaganligini taxmin qilishdi.
Sal avval RF TIV Rossiyada sanktsiyalanmagan aktsiyalarda ishtirok etgan Shvetsiya, Polsha va Germaniya diplomatlari "ushbu mamlakatda boʻlishi xush koʻrilmagan" shaxslar sifatida eʼlon qilingani va yaqin vaqt ichida mamlakatni tark etishlarini eʼlon qilgan edi.
Bunga javoban Germaniya, Polsha va Shvetsiya tashqi ishlar vazirliklari har bir mamlakatda bir nafardan rossiyalik diplomatlarni "persona non-grata" deya eʼlon qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala