Hodisalar

Samarqand viloyatidagi restoranlardan birida yongʻin yuz berdi

© Press-slujba MCHS RF / Fotobankka oʻtishTusheniye pojara
Tusheniye pojara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yongʻindan zararlangan. Yongʻindan jabrlangan va qurbonlar yoʻqligi aytilmoqda.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Omonboy” mahallasida joylashgan restoranda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Proizoshel pojar v chetыryox magazinax v Margilane  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Hodisalar
Margʻilonda toʻrtta doʻkonda yongʻin chiqdi
Xabar qilinishicha, yongʻin, bugun, 7 mart kuni taxminan soat 11:00 larda sodir boʻlgan.
FVV viloyat boshqarmasining yongʻin-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan. Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yongʻindan zararlangan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yongʻin qisqa vaqt ichida toʻliq bartaraf etilgan.
Sodir boʻlgan holatda jabrlangan va qurbonlar yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesiga qasddan oʻt qoʻygan shaxs qoʻlga olingani xabar qilingan edi. Yongʻin natijasida mazkur kafeda ishlagan va yashagan besh kishi halok boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala