Jamiyat

Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi

© Press-slujba MID UzbekistanaV Samarkande otkrыlos Genkonsulstvo Turtsii
V Samarkande otkrыlos Genkonsulstvo Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Abdulaziz Kamilov ushbu konsulxona madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik va hududlararo aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki berishini taʼkidladi.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Abdulaziz Kamilov i Mevlyut Chavushoglu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Siyosat
Turkiya TIV rahbari Oʻzbekistonga keladi
Tadbirda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlari vazirlari Abdulaziz Kamilov va Mevlut Chovushoʻgʻli hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Kamilov Turkiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik va hududlararo aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki berishini taʼkidladi.
“Ishonchimiz komilki, Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, aziz birodarim Mevlut Chavushoʻgʻlu ishtirokida ochilgan goʻzal Samarqand shahridagi Bosh konsulxona bu jarayonni yanada rivojlantirishda oʻziga xos hissa qoʻshadigan yangi institutlardan biriga aylanadi”, - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala