Jamiyat

Toshkent va boshqa shaharlarda tilanchilar koʻpayib ketgan – Senat

© SputnikPoproshayki v Tashkente
Poproshayki v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Senat qoʻmitasi aholi harakati gavjum boʻlgan koʻchalar, xiyobonlar, bozorlar, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari va chorrahalarda tilanchilar koʻpayganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. 4 mart kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va havfsizlik masalalari qoʻmitasi 3 fevral kuni IIVga yuborilgan murojaat javobini koʻrib chiqdi. Unda respublikaning barcha hududlarida, xususan, Toshkent shahrida tilanchilik qiluvchi shaxslar soni koʻpayib ketishining oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish soʻralgan edi.
Senatorlar soʻnggi paytlarda aholi harakati gavjum boʻlgan koʻchalar, xiyobonlar, bozorlar va ularga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hamda chorrahalarda tilanchilik qilib kelayotgan shaxslar koʻplab uchrayotganini taʼkidlashdi.
“Bu esa, oʻz navbatida, tilanchi shaxslar tomonidan fuqarolarning yurishiga qoʻymay, avtomobil yoʻllarida esa transport vositalari harakatlanishiga xavf tugʻdirib qatʼiy turib sadaqa soʻrashi kishining taʼbini xira qilishi tabiiy. Bunday noxush holatlar aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir etib, ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda”, - deyilgan xabarda.
Mamlakat qonunchiligida aynan tilanchilik qilganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik masalasi belgilangan boʻlsa-da, ushbu normaning hayotda qatʼiy ishlamayotgani bunday shaxslarning kundan kun koʻpayib borishiga zamin boʻlmoqda, deb hisoblashadi senatorlar.
Poproshayki v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2020
Analitika
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar
IIV patrul-post, yoʻl patrul xizmati hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari koʻrsatilgan joylarda tegishli topshiriqlar asosida chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini maʼlum qilgan.
Natijada yanvar va fevral oyining 20 kunlik davrida tilanchilik bilan shugʻullanib yurgan 131 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga nisbatan 8 mln. soʻmga yaqin jarima jazosi belgilangan. 1 nafar huquqbuzarga nisbatan esa maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala