Jamiyat

“UzAuto Motors” xodimlari maoshlarning keskin qisqarishidan shikoyat qilib yigʻilishdi

© FacebookSalon kompanii UzAuto
Salon kompanii UzAuto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
“UzAuto Motors” Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari ish haqi keskin kamayganidan va undan ushlab qolinayotganidan shikoyat qildilar.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Kecha, 6 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” xodimlari kompaniyaning avtoturargohiga yigʻilgani va ish haqining keskin pasayib ketgani hamda undan ushlab qolinganidan norozi boʻlayotganliklari aks etgan video tarqaldi.
Norozi boʻlgan haydovchilaridan biri 20 ming soʻm, uning yana bir tanishi 450 soʻm ish haqi olganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, ish haqi masalasi 5 oy davomida oʻrganilgan, ammo hozircha hech qanday natija yoʻq.
Boshqa bir xodim kompaniya vakillariga asoslanib, “kompyuter xatosi” sabab xodimlarning ish haqi 1 yil 3 oy davomida notoʻgʻri hisoblanganligini taʼkidladi. Yetishmayotgan mablagʻ ishchilarning oyliklaridan qoplanishi aytilayotganini qoʻshimcha qildi.
Keyinroq “UzAuto Motors” kompaniyasi Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari D.Rahmonov, J.Sultonov va boshqa ishchilarning murojaati oʻrganib chiqilganini maʼlum qildi.
Kompaniya xabarida yozilishicha, ayni vaqtda ish haqidan qarzdorlik mavjud emas.
“Joriy yilning fevral oyi uchun ish haqi oʻtgan oyning 20 sanasida avans tariqasida, mart oyining 5 sanasida toʻliq toʻlab berilgan. Xodimning ish haqidan uning yozma arizasiga asosan kredit toʻlovlari hamda sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu murojaat yuzasidan shu kunning oʻzida kompaniya masʼul vakillari hamda Andijon viloyati hokimligi, viloyat bandlikka koʻmaklashish boshqarmasi xodimlari ishtirokida haydovchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilgan
Unda kompaniya tomonidan ish haqini toʻliq hisoblab toʻlab berilganligi, kompaniya tomonidan biror-bir asossiz ushlanmalar amalga oshirilmaganligi, shuningdek ishchi-xodimlarga yaratilgan ijtimoiy himoya paketi yaʼni, transportda ishga kelib-ketishi, maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanishi, ovqatlanishi, tibbiy koʻriklari uchun toʻlovlar kompaniya hisobidan amalga oshirilayotganligi tushuntirib berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala