Dunyoda

Venesuela prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi

© Administratsiya prezidenta Venesuelы / Fotobankka oʻtishNikolas Maduro
Nikolas Maduro  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlandi. Bu haqda u Twitterʼda maʼlum qildi. Prezident bilan birga uning rafiqasi Siliya Flores ham vaktsinaning birinchi dozasini olgan.
Rossiyskaya vaktsina Sputnik V v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.03.2021
"Sputnik V" dunyodagi mashhur vaktsinalar reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi
Maduroning soʻzlariga koʻra, “Sputnik V” bilan Venesuela tibbiyot xodimlarining katta qismi emlangan.
Maduro COVID-19 ga qarshi Rossiya vaktsinasi bilan emlanish istagini bildirdi
Venesuelada koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi bilan emlash ishlari 18 fevral kuni boshlangandi.
“Sputnik V”ning birinchi partiyasi Janubiy Amerika mamlakatiga 13 fevral kuni olib kelingan.
Oʻtgan yil oktyabr oyida Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi Karakasga “Sputnik V”ning uchinchi bosqich klinik sinovlarini oʻtkazish uchun “Sputnik V” vaktsinasi yetkazib berilganini xabar qilgan edi. Unda ikki ming nafar koʻngilli, jumladan, davlat rahbarining oʻgʻli Nikolas Maduro Gerra ham ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala