Hodisalar

Qoraqalpogʻistonda besh kishi is gazidan zaharlanib oʻldi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovRuka cheloveka
Ruka cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumnida bir oilaning 4 aʼzosi va mehmon is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor.
TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumnida bir oilaning 4 aʼzosi va mehmon is gazidan zaharlanib, hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda respublika prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2020
Hodisalar
Qoraqalpogʻistonda bir kechada olti kishi, jumladan ikki bola is gazidan zaharlanib oʻldi
Hodisa haqidagi xabar 2021 yil 6 mart kuni soat 11:30 larda tuman IIBga kelib tushgan. “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U.(erkak) va uning qizlari R.S. (2003 yilda tugʻilgan), R.A. (2010 yilda tugʻilgan) va oʻgʻli R.M. (2005 yilda tugʻilgan) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.SH. xonadonda oʻrnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Toʻrtkoʻl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (Odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tuman IIB dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala