Jasur Jaloliddinov qaysi klubga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

 Jasur Jaloliddinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2021
Obuna bo‘lish
18 yoshli Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor" akademiyasining bitiruvchisi. 2020-yil fevral oyida u O‘zbekiston milliy terma jamoasida debut qildi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. "Lokomotiv"ning sobiq yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov O‘zbekistonning "Andijon" futbol klubiga o‘tdi.
Bu haqda klubning tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi. 
Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati 26-yanvar kuni klub o‘zaro kelishgan holda o‘zbekistonlik yosh futbolchi Jasurbek Jaloliddinov bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qilgandi. 2019 yilda dunyoning eng kelajagi porloq futbolchilaridan biri deb e’tirof etilgan o‘yinchi bilan shartnoma o‘tgan yili besh yilga tuzilgandi.
Yangiliklar lentasi
0