Dunyoda

Bu mojaro emas, dekoratsiyalar qulashi – Zaxarova Garri va Megan intervyusi haqida

Britaniya OAVlari, haqiqiy "demokratik" tamoyillarga koʻra, isteblishment chizgan chizigʻidan bir qadam ham chiqmaydi. Shahzoda Garri va Megan Markl voqeasi bunga yaqqol misol.
TOSHKENT, 9 mar – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova shahzoda Garri va Megan markl intervyusi haqida oʻz xulosalari bilan boʻlishdi.
Bilasizmi, Britaniya manarxiyasida demokratiya tushunchani nimani anglatishi borasida koʻp narsa oʻz joyiga tushdi. Shaxzoda Garri va Megan Marklning Opra Unfri bilan intervyusidan quyidagilarni xulosa qilish kerak:
Prints Garri i Megan Markl dali intervyu Opre Uinfri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Dunyoda
Irqchilik, yakkalanish va taxtdan voz kechish: Megan Markl va shahzoda Garri bilan intervyu
Birinchidan, siz Britaniya elitasi vakili boʻlsangiz ham, boshqaruvchi rahbariyat xush kelmagan oʻzini xavfsiz his qilmaydi.
Ikkinchidan, pressa Britaniya isteblishmenti qoʻlida. Isteblishment OAV yordamida jamoatchilik orasida oʻziga kerakli boʻlgan tasavvurni tarqatadi. Bu hatto haqiqatga mos kelmasa yo hatto unga zid boʻlsa ham. Yaʼni Britaniya OAVlari har qanday mavzuni butunlay aksincha yoritishi mumkin. Litvinenko, Berezovskiy, Skripalar va Oq kaskalar “ishlari” bunga misol boʻlishi mumkin.
Uchinchidan, irqchilik tugatilmagan, uning qurbonlari haligacha taʼqib qilinmoqda.
Bu mojaro emas. Bu dekoratsiyalar qulashi, - dedi Zaxarova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala