Frantsiyada oʻqituvchini oʻldirgan qotilni sherigi Tojikiston fuqarosi boʻlib chiqdi

© Sputnik / Dominique Boutin / Fotobankka oʻtishSotrudniki politsii vo vremya aktsii nedovolstva deystviyami pravooxranitelnыx organov v otnoshenii migrantov i protiv vneseniya popravki k zakonu "O natsionalnoy bezopasnosti" v Parije
Sotrudniki politsii vo vremya aktsii nedovolstva deystviyami pravooxranitelnыx organov v otnoshenii migrantov i protiv vneseniya popravki k zakonu O natsionalnoy bezopasnosti v Parije - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Frantsiyalik tergovchilar Parij yaqinida maktab oʻqituvchisini boshidan judo qilgan radikal islomchi muloqotda boʻlgan suriyalikning shaxsini aniqladilar
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Maxsus xizmatlar Frantsiyada oʻqituvchini boshidan judo qilgan terrorchining sherigini aniqladilar, u Tojikiston fuqarosi boʻlib chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri Le Parisien gazetasiga tayangan holda.
Uchastniki aktsii pamyati na ploщadi Respubliki v Parije. Aktsiya proshla pod lozungom Svoboda slova, svoboda prepodavaniya. Memorialnыe aktsii organizovanы v Bordo, Lione, Marsele, Parije, Tuluze i drugix gorodax Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2020
Dunyoda
Frantsiyada oʻldirib ketilgan oʻqituvchi Faxriy legion ordeni kavaleri boʻldi
Qotilning sherigi Faruk Shami - Suriyadagi "Xayat Tahrir ash-Shom" (RFda taʼqiqlangan "Jabxat an-Nusra"ning yana bir nomi) terroristik uyushmasining faol ishtirokchisi ekanligi maʼlum boʻldi.
Qotil, radikal islomchi, 18 yashar Abdulloh Anzorov 2020 yilning oktyabrida Konflan-Sent-Onorin komunnasida oʻqituvchini boshidan judo qilishdan oldin aynan u bilan muloqotda boʻlgan.
Politsiyachilar Anzorovni yoʻq qilishlaridan oldin u Instagram da oxirgi xabarni Dnevnik_71 niki ostidagi foydalanuvchiga yozgan. Maʼlum boʻlishicha, bu nik ostidagi foydalanuvchi tojikistonlik Faruk Shami boʻlib chiqadi.
Erkak oʻz akkauntida oʻzini Suriyadagi noqonuniy qurollangan uyushmalar faoliyatini yoritadigan mustaqil jurnalist sifatida koʻrsatgan.
Chlen Soveta pri glave Chechenskoy Respubliki po razvitiyu grajdanskogo obщestva i pravam cheloveka Xeda Saratova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2020
Dunyoda
Chechenistonda frantsuz oʻqituvchisini oʻldirgan qotilning dafn marosimi qanday oʻtkazildi
Ammo, frantsuz nashrining yozishicha, aslida Faruk Suriyadagi nomi yuqorida tilga olingan terroristik guruhning faol ishtirokchilaridan biri boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning 16 oktyabrida kechqurun Frantsiyaning Konflan-Sent-Onorin komunnasida mahalliy maktab yonida tarix va geografiya fani oʻqituvchisi Samyuel Patiga hujum uyushtirilgan edi.
Jinoyat qurbonning boʻynidan soʻygan, soʻngra jinoyat sodir boʻlgan joyga yetib kelgan politsiyachilarga tahdid qila boshlagan va oqibatda otib oʻldirilgan.
Frantsiya prezidenti Emmanyuel Makron sodir boʻlgan hodisani terakt, deb nomladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala