Fransiyada o‘qituvchini o‘ldirgan qotilni sherigi Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi

© Sputnik / Dominique Boutin / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii vo vremya aksii nedovolstva deystviyami pravooxranitelnix organov v otnoshenii migrantov i protiv vneseniya popravki k zakonu "O natsionalnoy bezopasnosti" v Parije
Sotrudniki politsii vo vremya aksii nedovolstva deystviyami pravooxranitelnix organov v otnoshenii migrantov i protiv vneseniya popravki k zakonu O natsionalnoy bezopasnosti v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
Fransiyalik tergovchilar Parij yaqinida maktab o‘qituvchisini boshidan judo qilgan radikal islomchi muloqotda bo‘lgan suriyalikning shaxsini aniqladilar
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Maxsus xizmatlar Fransiyada o‘qituvchini boshidan judo qilgan terrorchining sherigini aniqladilar, u Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri Le Parisien gazetasiga tayangan holda.
Uchastniki aksii pamati na ploshadi Respubliki v Parije. Aksiya proshla pod lozungom Svoboda slova, svoboda prepodavaniya. Memorialnie aksii organizovani v Bordo, Lione, Marsele, Parije, Tuluze i drugix gorodax Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2020
Fransiyada o‘ldirib ketilgan o‘qituvchi Faxriy legion ordeni kavaleri bo‘ldi
Qotilning sherigi Faruk Shami - Suriyadagi "Xayat Tahrir ash-Shom" (RFda ta’qiqlangan "Jabxat an-Nusra"ning yana bir nomi) terroristik uyushmasining faol ishtirokchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Qotil, radikal islomchi, 18 yashar Abdulloh Anzorov 2020-yilning oktabrida Konflan-Sent-Onorin komunnasida o‘qituvchini boshidan judo qilishdan oldin aynan u bilan muloqotda bo‘lgan.
Politsiyachilar Anzorovni yo‘q qilishlaridan oldin u Instagram da oxirgi xabarni Dnevnik_71 niki ostidagi foydalanuvchiga yozgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu nik ostidagi foydalanuvchi tojikistonlik Faruk Shami bo‘lib chiqadi.
Erkak o‘z akkauntida o‘zini Suriyadagi noqonuniy qurollangan uyushmalar faoliyatini yoritadigan mustaqil jurnalist sifatida ko‘rsatgan.
Chlen Soveta pri glave Chechenskoy Respubliki po razvitiyu grajdanskogo obshestva i pravam cheloveka Xeda Saratova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2020
Chechenistonda fransuz o‘qituvchisini o‘ldirgan qotilning dafn marosimi qanday o‘tkazildi
Ammo, fransuz nashrining yozishicha, aslida Faruk Suriyadagi nomi uqorida tilga olingan terroristik guruhning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 16-oktabrida kechqurun Fransiyaning Konflan-Sent-Onorin komunnasida mahalliy maktab yonida tarix va geografiya fani o‘qituvchisi Samuel Patiga hujum uyushtirilgan edi.
Jinoyat qurbonning bo‘ynidan so‘ygan, so‘ngra jinoyat sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan politsiyachilarga tahdid qila boshlagan va oqibatda otib o‘ldirilgan.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron sodir bo‘lgan hodisani terakt, deb nomladi.
Yangiliklar lentasi
0