Dunyoda

Irqchilik, yakkalanish va taxtdan voz kechish: Megan Markl va shahzoda Garri bilan intervyu

© REUTERS / Harpo Productions/Joe PugliesePrints Garri i Megan Markl dali intervyu Opre Uinfri
Prints Garri i Megan Markl dali intervyu Opre Uinfri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Vorislikdan voz kechgan shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Britaniyada ashaddiy irqchilikka duch kelgani va Bukingem saroiyda yakkalanib qolgani va hatto oʻz-oʻzini oʻldirish haqida uylagani haqida aytib berdi.
TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Kecha 7 mart kuni Amerikaning CBS telekanalida mashhur teleboshlovchi Opra Unfrining Shaxzoda Garri va Megan Markl (gertsog va gertsoginya Sassekskayalar) bilan intervyusi namoyish etildi. Ushbu intervyuni AQShda 100 milliondan ortiq kishi tomosha qildi va bu yangi rekord boʻldi.

Voqea tarixi

Eslatib oʻtamiz, shaxzoda Garri, 1997 yilda sirli hodisalar oqibatida qurbon boʻlgan malika Diananing kichik oʻgʻli, Britaniya qirollik oilasining qarshiligiga qaramasdan 2018 yilda amerikalik aktrisa Megan Marklga uylangan edi.
Lekin yangi oila turli sabablarga koʻra Bukingem saroyida uzoq vaqt yashay olmadi. 2020 yil boshida shahzoda Garri va Megan Markl barcha qirollik titullaridan voz kechib oddiy fuqaro sifatida hayot kechirishga qaror qilishadi va AQShning San-Frantsisko shahriga koʻchib oʻtishadi.
© REUTERS / Harpo Productions/Joe PugliesePrints Garri i Megan Markl dali intervyu Opre Uinfri
Prints Garri i Megan Markl dali intervyu Opre Uinfri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Teleboshlovchi Opra Unfri shahzoda Garri va Megan Markl bilan intervyu oʻtkazmoqda

Tanishuv

Megan: Meni reverans (yevropa saroylarida qirol yoki qirolichaga tiz bukib taʼzim qilish) qilishga majbur qilishdi. Garriga “Axir u seni buving” desam, “u qirolicha”, deb jaovb berdi. Lekin keyinroq avtomobil ichida odatda qirolicha oyogʻi ustiga yopib oʻtiradiga adyolni meni ham oyogʻim ustiga yopganda u mening ham buvim ekani haqida oʻyladim.

Toʻy

Men ham Garri ham bu toʻy - butun dunyo uchun tomosha ekanini bilardik. Haqiqiy toʻyimiz esa undan 3 kun oldin boʻlib oʻtgan edi.

Qirollar oilasida

Men Garri uchun oʻz karyeramdan voz kechdim, yaxshi malika boʻlishga harakat qilardim, hatto Britaniya gimnini ham gugl orqali yodlab oldim. Men barcha tadbirlarda ishtirok etardim, lekin shu bilan birga mutlaq yolgʻiz edim. Hech kimning men bilan ishi yoʻq edi.
Megan Markl - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2020
Dunyoda
"Bu haqda gaplashish muhim": Megan Markl bolasini yoʻqotgani haqida soʻzladi
Mendan pasport va avtomobil kalitini olib quyishdi. Doʻstlarim, umuman hech kim bilan uchrashishga ruxsat berishmasdi.

Irqchilik

Megan Marklning onasi qora tanli boʻlgan. Britaniyada buni unga har qadamda eslatib turishgan. Nafaqat OAV balkim eng yuqori lavozimdagi lordlardan tortib qirol oilasi aʼzolarigacha. Masalan, uning birinchi farzandai Archi tugʻilishidan oldin, saroydauning terisi naqadar qora boʻlishi mumkinligini muhokama qilishgan.
Garri: Shunday gap boʻlgan edi, lekin men hech qachon u haqida aytib bermayman. Dastlab menga biroz noqulay boʻldi, lekin men mutlaq shokka tushdim.
Britaniyani OAVlarida bizni oilamizni shaʼniga juda koʻp tosh otildi. Ayniqsa Meganning irqiy kelib chiqishi borasida. Mening oila aʼzolarim, Britaniya parlamentariylari (konservatorlar va leyboristlarbu borada bizni biroz qoʻllab-quvvatlashlari mumkin edi, lekin afsuski ularning hech biri biror soʻz demadi. Bu ogʻriqli.

Ikkiyoqlama standartlar

Malika Keyt Middlton (Garrining akasi – shaxzoda Uilyamning xotini) homiladorlik vaqtida maʼlum pozada tushgan suratiga “ona boʻlishga tayyorlanmoqda” deb maqtab yozishgan edi. Lekin Megan marklning xuddi shunday pozada olingan suratiga “haddan ortiq kekkayib ketgan” deb salbiy mavzudagi maqolalar bilan chiqishgan.
Megan Markl i prints Garri pokazali svoyego novorojdennogo malыsha - foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.05.2019
Dunyoda
Megan Markl va shahzoda Garri farzandini ilk marotaba ommaga koʻrsatdi – foto
Undan tashqari, Megan homiladorlik vaqti nonushtaga avokado isteʼmol qilganda “tushkunlikdan boʻlsa kerak”. Xuddi shunday vaziyatga Keyt haqida “darmonsizlikdan boʻlsa kerak” deb yozishgan edi.
Garri va Megan toʻyi kuni Keyt Middlton qandaydir sababga koʻra yigʻlaydi. Britaniya OAVlarida darhol “Megan Keytni yigʻlatdi” sarlavhasi mutlaq yolgʻon maqolalar chiqib ketadi. Vaholanki oʻshanda Keyt Midlton oʻzi shaxsiy sabablari koʻra yigʻlagan edi. Eng taajublisi - ushbu yolgʻon xabarlarga qirol oilasidan hech kim raddiya bermagan.

Saroy hayoti

Megan: Men ushbu oilaga kirgan zahotimdan to u yerdan koʻchib ketish haqida qaror qilganimga qadar na oʻz pasportimni na haydovchilik guvohnomamni koʻrdim. Shuningdek biror joyga chiqish yoki doʻstlarim bilan uchrashish ham taʼqiqlangan edi. Men qafasda edim.
Baʼzida hatto oʻz-oʻzimni oʻldirish haqida oʻylardim.
Garri: Mening oʻzim ham qafasda edim, lekin buni bilmasdim. Bu oʻsha tizim tutqunligidir. Qandaydir maʼnoda mening otam va akam ham qafasda.

AQShga koʻchish haqida

Garri: Britaniyada Megan tasavvur qilib boʻlmas darajadagi irqchilikka duch keldi. Menga buni tushunish uchun koʻp vaqt kerak boʻldi.
Men u onam (malika Diana) taqdirini takrorlamasligi uchun koʻp harakat qildim, lekin hech qanday yordam ola olmadim.
Koʻchish haqida qaror qabul qilganimizdan soʻng otam bilan 3 marotaba gaplashdim. Keyin u qoʻngʻiroqlarimga javob bermay qoʻydi.

Malika Diana

Garri: Onam, goʻyoki bizning taqdirimizni bilgandek. Men hozir faqat undan qolgan mablagʻ evaziga yashamoqdaman. Lekin u bizning faqat baxtli boʻlishimizni istagan boʻlardi. Ushbu jarayonlar davomida men uning biz bilan birga ekanini his qilib turibman.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala