O‘zbekiston va Eron aloqalarni yanada rivojlantirishni muhokama qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Irana i Uzbekistana
Flagi Irana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Eron TIV rahbari Javad Zarif bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Eron aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Buning uchun savdo-iqtisodiy, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalarda muhim salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
Eron aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashgani hamda iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlikning sezilarli darajada o‘sgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, Javad Zarif O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va investitsion muhitni takomillashtirish, mintaqada do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.
Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.
Eron tomoni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0