Potr Yanning janjalli jangi va UFC musobaqasining boshqa qiziqarli lahzalari – video

Obuna bo‘lish
Diskalifikatsiya evaziga chempionlik, Islam Maxachevning ishonchli g‘alabasi – bu va UFC 259 musobaqasining boshqa lahzalari quyidagi videoda.
Las-Vegasda uzoq kutilgan UFC 259 musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Rossiyalik jangchi Islam Maxachev raqibi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va endilikda faqat eng kuchli raqiblar bilan jang qilishni xohlashini aytdi.
Rossiyalik Potr Yan va amerikalik Aljameyn Sterling o‘rtasida kechgan jang kechaning eng qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan janglaridan biri bo‘ldi. To‘rtinchi raundda Yan tizzasi bilan taqiqlangan zarbani berdi va janglardan chetlashtirildi. Amerikalik chuqur nokaut holatiga tushdi, lekin natijada UFC᾽ning eng yengil vazndagi yangi chempioni bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida Sterling yig‘lab yubordi va UFC chempionlik kamarini yechib oldi. U g‘alabaga bunday yo‘l bilan erishishni xohlamaganini aytdi. Jangdan so‘ng rossiyalik undan uzr so‘radi va jang qoidalarini qasddan buzmaganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0