Jamiyat

Qibraydagi “Qonli ariq” voqeasi yuzasidan hokimlik rasmiy bayonot berdi

© CA-NewsVodnыy kanal, protekayuщiy ryadom s mnogoetajnыmi domami v Tashkente
Vodnыy kanal, protekayuщiy ryadom s mnogoetajnыmi domami v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumanidagi “Qonli ariq” voqeasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Kushxona rahbari muammoni 5 kun ichida hal qilishi kerak.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati Qibray tumani “Oʻngqoʻrgʻon” mahallasidagi fermer xoʻjaliklari oʻrtasidan oʻtgan ariqdan har kuni ikki mahal qon oqishi haqidagi xabar yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi rasmiy bayonot berdi.
Oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Obod Savdo Biznes” MCHJga qarashli kushxonadan hosil boʻlgan oqova suvlar zax ariqqa oqizilganligi aniqlangan.
© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu "krovavыx rek" v Kibraye
Xokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu krovavыx rek v Kibraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Ushbu holat yuzasidan 2021 yil 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Qibray tumani inspektsiyasi tomonidan 20/21-sonli ogohlantirish xati berilgan. Unda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 19-moddasi, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 18, 19, 99-moddalari talablari buzilishi roʻy bergan.
Buning oqibatida aybdorlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 72-moddasi 1-qismi (suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
Korxona binolari 2014 yilda “Nur Farrux” fermer xoʻjaligidan “Obod Savdo Biznes” MCHJ taasarufiga oʻtgan va Qibray tumani hokimining 2014 yil 9 dekabrdagi 2494-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu ixtisoslashgan soʻyish korxonasi 2018 yil ishga tushirilgan, lekin hujjatlar koʻzdan kechirilganda, aynan ixtisoslashgan soʻyish korxonasi uchun tegishli tashkilotlarning xulosalari mavjudligi taqdim qilinmagan.
Oqova suvlar va kushxona hududidan chiqayotgan oqovalar uchun qilingan oʻralar gidroizolyatsiyalangan (betondan yasalgan) boʻlib, lekin oqovalarni yigʻmasdan, aksincha oqovalar dalaga va zax ariqqa tushirilgan.
© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu "krovavыx rek" v Kibraye
Xokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu krovavыx rek v Kibraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Qayd etilishicha, “Obod Savdo Biznes” korxonasi tomonidan oqova suvlarni oʻradan tortib olib ketilishi uchun shartnoma hamda maishiy chiqindilarni olib ketish uchun ham «Toza hudud» bilan shartnoma tuzilmagani aniqlangan. Shuningdek, kushxonani yuvish vaqtida chiqqan qon aralash suvlar va soʻyilgan mol oshqozonidan chiqqan yem qoldiqlari binoning orqa dala qismiga chiqarilishi oqibatida tartibsiz holatga kelib qolgan.
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Jamiyat
Qibrayda har kuni ariqqa qon oqizayotgan soʻyish korxonasi ogohlantirildi
Natijada “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasi buzilgan. Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018 yil 27 iyuldagi ixtisoslashgan soʻyish korxonalariga nisbatan vaqtinchalik veterinariya sanitariya qoida va meʼyorlarini tasdiqlash haqidagi 25-sonli qarori talablari buzilgan.
Viloyat hamda tuman SEO va JSB mutaxassislari tamonidan ushbu aniqlangan holat va tartibbuzarliklarni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini koʻrish, kushxonadan chiqayotgan oqovalar uchun maxsus gidroizolyatsiyalangan oʻra qurilishi nazoratga olingan.
“Hozirgi kunda yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun koʻrsatmalar berilib, kushxonadan chiqadigan oqova suvlarni zax ariqqa oqizilishi toʻxtatildi. Oʻrnatilgan quvurlar kovlab olindi. Kamchiliklarni 5 kun muddat ichida bartaraf etish boʻyicha korxona rahbaridan tushuntirish xati olindi”, -  deyilgan xabarda.
Qibray tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan korxona tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar hisoblanib, tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz,  avval bu holatni Veterinariya davlat qoʻmitasi oʻrganib, “Obod Savdo Biznes” MCHJ rahbarlarini ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala