Qibraydagi “Qonli ariq” voqeasi yuzasidan hokimlik rasmiy bayonot berdi

© CA-NewsVodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente
Vodniy kanal, protekayushiy radom s mnogoetajnimi domami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumanidagi “Qonli ariq” voqeasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Kushxona rahbari muammoni 5 kun ichida hal qilishi kerak.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati Qibray tumani “O‘ngqo‘rg‘on” mahallasidagi fermer xo‘jaliklari o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qon oqishi haqidagi xabar yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi rasmiy bayonot berdi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Obod Savdo Biznes” MChJga qarashli kushxonadan hosil bo‘lgan oqova suvlar zax ariqqa oqizilganligi aniqlangan.
© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu "krovavix rek" v Kibrae
Xokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu krovavix rek v Kibrae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Ushbu holat yuzasidan 2021-yil 26-fevral kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Qibray tumani inspeksiyasi tomonidan 20/21-sonli ogohlantirish xati berilgan. Unda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 18, 19, 99-moddalari talablari buzilishi ro‘y bergan.
Buning oqibatida aybdorlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasi 1-qismi (suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Korxona binolari 2014-yilda “Nur Farrux” fermer xo‘jaligidan “Obod Savdo Biznes” MChJ taasarufiga o‘tgan va Qibray tumani hokimining 2014-yil 9-dekabrdagi 2494-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu ixtisoslashgan so‘yish korxonasi 2018-yil ishga tushirilgan, lekin hujjatlar ko‘zdan kechirilganda, aynan ixtisoslashgan so‘yish korxonasi uchun tegishli tashkilotlarning xulosalari mavjudligi taqdim qilinmagan.
Oqova suvlar va kushxona hududidan chiqayotgan oqovalar uchun qilingan o‘ralar gidroizolyatsiyalangan (betondan yasalgan) bo‘lib, lekin oqovalarni yig‘masdan, aksincha oqovalar dalaga va zax ariqqa tushirilgan.
© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiXokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu "krovavix rek" v Kibrae
Xokimiyat Tashoblasti dal kommentariy po povodu krovavix rek v Kibrae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Qayd etilishicha, “Obod Savdo Biznes” korxonasi tomonidan oqova suvlarni o‘radan tortib olib ketilishi uchun shartnoma hamda maishiy chiqindilarni olib ketish uchun ham «Toza hudud” bilan shartnoma tuzilmagani aniqlangan. Shuningdek, kushxonani yuvish vaqtida chiqqan qon aralash suvlar va so‘yilgan mol oshqozonidan chiqqan yem qoldiqlari binoning orqa dala qismiga chiqarilishi oqibatida tartibsiz holatga kelib qolgan.
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2021
Qibrayda har kuni ariqqa qon oqizayotgan so‘yish korxonasi ogohlantirildi
Natijada “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi buzilgan. Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018-yil 27-iyuldagi ixtisoslashgan so‘yish korxonalariga nisbatan vaqtinchalik veterinariya sanitariya qoida va meyorlarini tasdiqlash haqidagi 25-sonli qarori talablari buzilgan.
Viloyat hamda tuman SEO va JSB mutaxassislari tamonidan ushbu aniqlangan holat va tartibbuzarliklarni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘rish, kushxonadan chiqayotgan oqovalar uchun maxsus gidroizolyatsiyalangan o‘ra qurilishi nazoratga olingan.
“Hozirgi kunda yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ko‘rsatmalar berilib, kushxonadan chiqadigan oqova suvlarni zax ariqqa oqizilishi to‘xtatildi. O‘rnatilgan quvurlar kovlab olindi. Kamchiliklarni 5 kun muddat ichida bartaraf etish bo‘yicha korxona rahbaridan tushuntirish xati olindi”, -  deyilgan xabarda.
Qibray tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan korxona tomonidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar hisoblanib, tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz,  avval bu holatni Veterinariya davlat qo‘mitasi o‘rganib, “Obod Savdo Biznes” MChJ rahbarlarini ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0