Samarqandda aholi punktlarining bosh rejasi ishlab chiqilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUsыpalnitsa I.Karimova, Samarkand
Usыpalnitsa I.Karimova, Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Bundan tashqari, viloyat boʻyicha bosh rejaning amal qilish muddati yaqinlashgan 3 ta shahar, bosh reja loyihasi bilan taʼminlanmagan 40 ta shahar posyolkalarining bosh reja loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. Samarqand viloyatida oʻtgan 2020 yilda 8 ta shahar va shaharchaning bosh rejasi ishlab chiqildi. Bu haqda viloyat bosh arxitektori Hayot Mirzayevga tayangan holda "Zarafshon" nashri xabar bermoqda.
V Samarkande otkrыlos Genkonsulstvo Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Jamiyat
Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 iyuldagi "2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qiligan.
Qaror asosida Qoʻshrabot, Payshanba shaharlari, Urgut tumanining Murodqishloq, Oqmachit, Gʻishtmachit va Choshtepa, Nurobod tumanining Sazagʻon, Ulus mahallalarining bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.
Dasturga muvofiq, 2021 yilda viloyat boʻyicha 12 ta aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqiladi. Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori asosida Toyloq va Mitan shaharchalari hamda 10 ta (Toyloq tumanida Bogʻizogʻon, Olmazor, Qoʻshchinor va Talliota, Narpay tumanida Guliston, Dedon, Charxin va Xoʻjaqoʻrgʻon, Jomboy tumanida Gʻazira va Soʻxmon mahallalari) bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqish ishlari boshlangan.
Gorod Samarkand. Vid na ploщad Registan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Turizm
Samarqandda turizm mavsumiga start berilmoqda
Bundan tashqari, viloyat boʻyicha bosh rejaning amal qilish muddati yaqinlashgan 3 ta shahar, bosh reja loyihasi bilan taʼminlanmagan 40 ta shahar posyolkalarining bosh reja loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. 51 ta mahalla aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalari hamda qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini 2023-2027 yillarda ishlab chiqish boʻyicha dastlabki takliflari shakllantirilib, Qurilish vazirligiga taqdim etilgan.
Tuman va shaharlar markazlarini obodonlashtirish boʻyicha 47 ta markaziy koʻchalar tanlab olinib, dastlabki manzilli roʻyxati shakllantirilgan. Mazkur koʻchalarni obodonlashtirish va "Salomatlik yoʻlaklari" tashkil etish maqsadida 71,2 kilometr piyodalar va velosiped yoʻlaklari, 52,1 kilometr koʻchani taʼmirlash (yoʻl elementlari), 560 dona tungi yoritish qurilmalari, 76 kilometr sugʻorish tizimi hamda 292 ta chiqindi tashlash qutilari oʻrnatish boʻyicha dastlabki takliflar ishlab chiqilmoqda.
Bunda yoʻlaklar atrofida har xil turdagi sogʻlomlashtirish maydonlari "Workout", "Stritbol", shuningdek, badminton va mini-futbol sport maydonchalari joylashtirish nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala