Sambo boʻyicha 2021 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda oʻtkaziladi
Sambo boʻyicha 2021 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda oʻtkaziladi
Mazkur musobaqaga belgilangan reja boʻyicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan Sohil oʻyinlari sabab uni boshqa mamlakatga... 09.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Sambo boʻyicha 2021 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda oʻtkaziladi. Bu haqda Osiyo sambo uyushmasining navbatdagi onlayn yigʻilishida maʼlum boʻldi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, aslida mazkur musobaqaga belgilangan reja boʻyicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan Sohil oʻyinlari sabab ushbu musobaqani boshqa mamlakatga koʻchirishga qaror qilingan.Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi musobaqani oʻtkazish uchun ariza bergan va yigʻilishda joriy yil iyun oyida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini Toshkentda oʻtkazish taklifi muhokama qilingan.Yigʻilish davomida Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov ham soʻzga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilishini maʼlum qildi.
Mazkur musobaqaga belgilangan reja boʻyicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan Sohil oʻyinlari sabab uni boshqa mamlakatga koʻchirishga qaror qilingan.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Sambo boʻyicha 2021 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda oʻtkaziladi. Bu haqda Osiyo sambo uyushmasining navbatdagi onlayn yigʻilishida maʼlum boʻldi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, aslida mazkur musobaqaga belgilangan reja boʻyicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan Sohil oʻyinlari sabab ushbu musobaqani boshqa mamlakatga koʻchirishga qaror qilingan.
Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi musobaqani oʻtkazish uchun ariza bergan va yigʻilishda joriy yil iyun oyida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini Toshkentda oʻtkazish taklifi muhokama qilingan.
“Yigʻilish ishtirokchilarning aksariyat qismi ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlashdi. Shu tariqa, bu yilgi Osiyo chempionati poytaxtimiz Toshkentda oʻtkaziladigan boʻldi”, - deyilgan xabarda.
Yigʻilish davomida Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov ham soʻzga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilishini maʼlum qildi.