Tojik xonanda "Yevrovidenie"da Rossiyani taqdim etadigan bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPevitsa Manizha Manija Sangin (Xamrayeva)
Pevitsa Manizha Manija Sangin (Xamrayeva)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
Tanlovda 2021-yilda Little Big guruhi ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Ammo u ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda guruh solisti Ilya Prusikin dushanba kuni Birinchi kanal efirida ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan xonanda Manizha Rossiyani xalqaro qo‘shiqchilik tanlovi - Yevrovidenie-2021da taqdim etadigan bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, Rossiyani afsonaviy tanlovlardan biri bo‘lgan "Yevrovidenie"da mamlakat nomidan ishtirok etadigan ishtirokchilar milliy saralash bosqichi o‘z yakuniga yetgan. Saralash bosqichida 29 yashar xonanda Manizha g‘olib bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda tanlovga Little Big guruhi borishi belgilangan edi. Guruhning "UNO" qo‘shig‘i YouTubeda 189 million prosmotr to‘plashga muvaffaq bo‘lgan - bu mutlaq rekorddir!
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Perviĭ Kanal (@1tv)

Ammo Little Big bu tanlovda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda guruh solisti Ilya Prusikin dushanba kuni Birinchi kanal efirida ma’lum qildi.
Endilikda esa Rossiyani kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan xonanda Manizha taqdim etishi ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0