Kajdaya tretya strana v mire polnostyu zakrыtы dlya puteshestvennikov, na takiye shagi ix podtolknulo boleye aktivnoye rasprostraneniye koronavirusa i poyavleniye novыx... 09.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 9 mar ― Sputnik. Faqatgina beshta mamlakat turistlar uchun toʻliq ochilgan, shu bilan birga har uchinchi davlat sayyohlar dam olishi uchun yopiqdir, deyiladi Butunjahon turistik tashkiloti bayonotida.Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, fevral oyida dunyoning 217 mamlakatidan turistlar uchun 69tasi yopiq boʻlgan, yaʼni - 32 %i, bu davlatlarning teng yarmida chegaralar 10 oy davomida yopiq boʻlgan. Yana 73 davlatning chegarasi (34%) qisman yopilgan. 70ta mamlakat (32%) koronavirusga qilingan test natijalarini taqdim etishni yoki davlatga kirib kelgach majburiy karantin choralariga amal qilishni talab etadi.Maʼlum boʻlishicha, faqatgina beshta mamlakat (2%) turizm uchun toʻliq ochiq - u yerda hech qanday cheklovlar yoʻq.Bu roʻyxatga Albaniya, Dominikan Respublikasi, Kosta-Rika, Shimoliy Makedoniya va Tanzaniya kiritilgan.Butunjahon turistik tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, aksariyat mamlakatlarda turizm bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar ulkan zarar koʻrmoqdalar, nega deganda oʻtgan yilda koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro tursayyohatlar soni 74%ga kamaygan. Bu 2019 yil bilan taqqoslaganda minus milliard sayyohatlardir. Hozirda turizm sohasida 100 milliondan 120 milliongacha ish oʻrinlari yopilish xavfi ostida qolgan.
Kajdaya tretya strana v mire polnostyu zakrыtы dlya puteshestvennikov, na takiye shagi ix podtolknulo boleye aktivnoye rasprostraneniye koronavirusa i poyavleniye novыx shtammov.
TOSHKENT, 9 mar ― Sputnik. Faqatgina beshta mamlakat turistlar uchun toʻliq ochilgan, shu bilan birga har uchinchi davlat sayyohlar dam olishi uchun yopiqdir, deyiladi Butunjahon turistik tashkiloti bayonotida.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, fevral oyida dunyoning 217 mamlakatidan turistlar uchun 69tasi yopiq boʻlgan, yaʼni - 32 %i, bu davlatlarning teng yarmida chegaralar 10 oy davomida yopiq boʻlgan. Yana 73 davlatning chegarasi (34%) qisman yopilgan. 70ta mamlakat (32%) koronavirusga qilingan test natijalarini taqdim etishni yoki davlatga kirib kelgach majburiy karantin choralariga amal qilishni talab etadi.
Maʼlum boʻlishicha, faqatgina beshta mamlakat (2%) turizm uchun toʻliq ochiq - u yerda hech qanday cheklovlar yoʻq.
Bu roʻyxatga Albaniya, Dominikan Respublikasi, Kosta-Rika, Shimoliy Makedoniya va Tanzaniya kiritilgan.
Butunjahon turistik tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, aksariyat mamlakatlarda turizm bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar ulkan zarar koʻrmoqdalar, nega deganda oʻtgan yilda koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro tursayyohatlar soni 74%ga kamaygan. Bu 2019 yil bilan taqqoslaganda minus milliard sayyohatlardir. Hozirda turizm sohasida 100 milliondan 120 milliongacha ish oʻrinlari yopilish xavfi ostida qolgan.