Jamiyat

Buxoroda murojaatlarga bepisand munosabatda boʻlgan masʼullarning 22 nafari ishdan olindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritilyapti.
TOSHKENT, 9 – Sputnik. Buxoroda murojaatlarga eʼtiborsizlik bilan yondashgan masʼullarning 22 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
2020 yilda Buxoro viloyati, tuman va shahar Xalq qabulxonalari tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati tizimli oʻrganildi.
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2021
Prezident xalq qabulxonalariga 2020 yilda bir milliondan ortiq murojaat kelib tushgan
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan 644 ta koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan choralar koʻrish toʻgʻrisida 49 ta taklif kiritildi.
“Kiritilgan taqdimnoma va takliflarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining 234 nafari ogohlantirildi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Maʼmur Rahmonqulov. – 179 nafariga nisbatan ogohlantirish va 26 nafariga nisbatan oylik ish haqining 30 foizigacha jarima intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. 22 nafari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, 2 nafariga maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi”.
Shaxmatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.02.2018
Jamiyat
Murojaatlar bilan ishlashda eng zoʻr boʻlgan hokimlar eʼlon qilindi
Oʻzbekiston prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan doimiy ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining koʻrib chiqilishi oʻrganiladi va tahlil qilinadi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritilyapti.
Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini buzgan, shuningdek, murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini taʼminlamagan shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala