Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Kolbasa bir bo‘lagi zararligi bo‘yicha sigaret qutisiga teng - onkolog

© Depositphotos.com / VoyagerixKopchenaya kolbasa
Kopchenaya kolbasa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2022
Kopchenaya kolbasa
Obuna bo‘lish
Xom dudlangan servelat kolbasasining 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Serakov.
Xom dudlangan servelat kolbasasi 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Serakov “Praym” nashriga.
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2020
Olimlar go‘sht va kolbasa salomatlik uchun xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi
Professor kolbasa zararli, ammo uni kamdan kam iste’mol qilish jiddiy oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidladi. Ammo kolbasa va boshqa qizil go‘shtdan tayyorlangan mahsulotlari uzoq vaqt davomida iste’mol qilish saraton va o‘lim xavfini oshirishi mumkin.
"Kanserogenlik nuqtayi nazaridan eng xavfli dudlangan kolbasa hisoblanadi, chunki dudlash vaqtida ko‘plab zararli moddalarni o‘z ichiga olgan tutun chiqariladi. Bunday kolbasa tarkibida nitritlarga qo‘shimcha ravishda yana bir modda - benzpiren bo‘lishi mumkin. U o‘tin termik parchalanishida hosil bo‘ladi", - deb tushuntirdi Serakov.
Olimlar orasida qizil go‘sht tarkibida saraton hujayralarini rivojlanish xavfini oshiradigan moddalar mavjud degan fikr mavjud. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi tomonidan kanserogen mahsulotlar tasnifiga ko‘ra, qizil go‘sht saraton rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Qayta ishlangan go‘sht – sosiska, kolbasa, konserva - rasman birinchi kanserogen guruhiga kiritilgan.

"Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan har kuni 50 gramm iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni xavfini 18 foizga oshiradi", - dedi shifokor.

Boshqa xavfli oziq-ovqat mahsulotlariga shprotlar, pechenye, vafli va boshqa qandolat mahsulotlari, shirin gazli suv, spirtli ichimliklar, chipslar, margarin, mayonez, souslar, shakar, popkorn, sabzavot va mevalar konservalari, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar kiradi. Biroq, ular sigaretadan zararli ekan, deb aytish mumkin emas - barchasi miqdorga bog‘liq, - deb xulosa qildi onkolog.
Yangiliklar lentasi
0