Mexikoda feminist ayollar 8-mart kuni politsiyani yoqib yubordi - video

Obuna bo‘lish
Ayollarning jahlini chiqarmang - Mexikoda feminist ayollar namoyishi oqibatida 62 nafar politsiya xodimi va 19 nafar oddiy fuqaro jabrlandi.
Meksikalik feminist ayollar 8-mart bayramini o‘ziga xos uslubda kutib olishdi. Ayollarga nisbatan diskriminatsiya va zo‘ravonlikka qarshi namoyishga chiqqan feministlar politsiyaning ayollar ishlaydigan bo‘limini yoqib yuborishdi.
Oqibatda 62 nafar politsiya xodimasi va 19 nafar fuqaro jabrlandi. Undan tashqari bir necha jurnalistlar va teleoperator ham ayollar tomonidan do‘pposlandi. Teleoperatorning kamerasi bolg‘a yordamida sindirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Shuningdek, bolg‘a va boshqa zarba beruvchi asboblar bilan qurollangan ayollar bir necha bino va magazinlarga shikast yetkazishdi. Hukumat buni oldindan bilgan shekilli, shahar markazidagi tarixiy ahamiyatga ega obyektlar atrofida oldindan himoya devorlari o‘rnatishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0