Siyosat

Mirziyoyev Chavushoʻgʻli boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

© AFP / Natalia KOLESNIKOVA Glava MID Turtsii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovыm v Moskve
Glava MID Turtsii Mevlyut Chavushoglu na vstreche s glavoy vneshnepoliticheskogo vedomstva RF Sergeyem Lavrovыm v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
TOSHKENT, 9 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli boshchil delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Davlat rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Ministr inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov i ministr inostrannыx del Turetskoy Respubliki Mevlyut Chavushoglu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2020
Siyosat
Kamilov va Chavushogʻlu xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qildi
Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli samimiy qabul uchun Oʻzbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Suhbat chogʻida oʻtgan yil fevral oyida Anqara shahrida oʻtgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni mamlakatda oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekistonda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qoʻshma taʼlim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy sheriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala