Migratsiya

Rossiya qurilish maydonlarida qancha ishchilar yetishmayapti?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiyaning qurilish maydonlarida kamida 1,2 million ishchi yetishmayapti, dedi Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Irek Fayzullin.
"Kadrlar muammosi mavjud. Yaqin xorijdan kelgan koʻplab quruvchilar koronavirus tufayli mamlakatni tark etishga majbur boʻldilar", dedi u.
Sneg v Moskve  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Rossiya
Migrantlar yetishmasligi Rossiya iqtisodiyotiga tahdid solmoqda- Bloomberg
Fayzullin, barcha hududlarda ham Rossiya fuqarolari bilan ishchilar yetishmovchiligini toʻldirish imkoni boʻlmadi, deb qoʻshimcha qildi.
Avvalroq, migrantlarni Rossiyaga olib kelish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Oʻzbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar Oʻzbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish boʻyicha tanlov oʻtkazishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala