Rossiya qurilish maydonlarida qancha ishchilar yetishmayapti?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiyaning qurilish maydonlarida kamida 1,2 million ishchi yetishmayapti, dedi Rossiya Federatsiyasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Irek Fayzullin.
"Kadrlar muammosi mavjud. Yaqin xorijdan kelgan ko‘plab quruvchilar koronavirus tufayli mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldilar", dedi u.
Sneg v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Migrantlar yetishmasligi Rossiya iqtisodiyotiga tahdid solmoqda- Bloomberg
Fayzullin, barcha hududlarda ham Rossiya fuqarolari bilan ishchilar yetishmovchiligini to‘ldirish imkoni bo‘lmadi, deb qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, migrantlarni Rossiyaga olib kelish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar O‘zbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0