Siyosat

Sadir Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi tafsilotlari borasida maʼlumot berildi

© © Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPrezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yoʻnalishlarini koʻrib chiqish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Oʻzbekiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yoʻnalishlarini koʻrib chiqish rejalashtirilgan.

Ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish, madaniyat, sogʻliqni saqlash, taʼlim va turizm borasidagi qoʻshma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb jihatlari oʻrin olgan.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Prezident Kыrgыzstana Sadыr Japarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Siyosat
Sadir Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi sanasi ochiqlandi
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yoʻnalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.
Sadir Japarov Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
Tashrif dasturiga muvofiq Sadir Japarov Oʻzbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar oʻtkazadi, mamlakat sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala