Toshkentda 10 yoshli bolaga tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi

© Sputnik / Stas EtveshNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida 10 yoshli o‘g‘il bolaga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksi haydovchisi hibsga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda
Avvalroq unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlandi, u 47 yoshli G‘.D
Hozirgi kunda u ushlangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan ayb e’lon qilingan. Sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0