“Uzbekistan Airways” Tbilisiga muntazam parvozlarni qayta tiklamoqda

© Press-slujba "Uzbekiston xavo yullari""Uzbekiston xavo yullari"
Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanmoqda.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanganligini ma’lum qildi.
Parvozlar 30-martdan haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Seshanba kunlari:
Toshkent — Tbilisi uchish vaqti soat 16:10da, kelish vaqti soat 18:30da.
Tbilisi — Toshkent uchish vaqti soat 19:30 da, kelish vaqti soat 23:30 da
Juma kunlari:
Toshkent — Tbilisi uchish vaqti soat 20:40 da, kelish vaqti soat 23:00 da.
Tbilisi — Toshkent uchish vaqti soat 00:30 da, kelish vaqti soat 04:30 da.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya 5-martdan O‘zbekiston fuqarolariga PSR-test mavjud bo‘lgan taqdirda chegarani kesib o‘tishga ruxsat bergani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0