Jamiyat

Yomgʻir va momaqaldiroq: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

CC0 / / Liven
Liven  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzgidromet hafta davomida ob-havo oʻzgaruvchan boʻlishi haqida ogohlantirdi.
10 mart kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
11 mart kuni respublika hududining koʻp qismida yomgʻir kuzatilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Toshkent viloyatida baʼzi joylarda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 12-17° iliq atrofida boʻladi.
12 kuni Oʻzbekiston hududining koʻp qismida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni 20-22° iliqgacha koʻtariladi. Faqat shimoliy hududlarda ob-havo oʻzgarishni boshlaydi. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shimoliy hududlarda 2-7° iliqgacha pasayadi.
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida ushbu davrga qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala