Iqtisod

Oʻzbekiston Soʻgʻddagi temir yoʻl elektr uzatish liniyasi qurilishini toʻliq moliyalashtiradi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishElektropodstantsiya liniya elektroperedach
Elektropodstantsiya liniya elektroperedach  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Tojikiston va Oʻzbekiston tomoni shartnoma imzolashgan boʻlib, unga koʻra Toshkent Soʻgʻd viloyatidagi hududda temir yoʻl elektr uzatish liniyasi qurilishini toʻliq oʻz zimmasiga oladi
TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. "Tojikiston temir yoʻllari" DUK va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ ("Oʻzbekiston temir yoʻllari") oʻrtasida Soʻgʻd viloyatida elektr uzatish liniyasini qurish boʻyicha shartnoma imzolandi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston manbasi.
Taʼkidlanishicha, qurilish ishlari yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.
"Soʻgʻd viloyatida poyezdlar uchun elektr uzatish liniyasini barpo etish vazifasini Oʻzbekiston tomoni toʻliq oʻziga olmoqda. Ishlar yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda”, - deb maʼlum qildi tojik kompaniyasidagi manba.
Na pastbiщe. Pandjsherskoye uщelye. Islamskaya Respublika Afganistan. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Iqtisod
“Mozori Sharif — Qobul — Peshavor”  temir yoʻli qurish boʻyicha yoʻl xaritasi imzolandi
Olingan maʼlumotga koʻra, poyezdlar tranziti uchun Tojikistondagi Spitamen tumanidan Konibodom stantsiyasiga qadar Elektr uzatish liniyalari qurilishi 108 kilometrdan ortiq masofani tashkil etadi.
Ekspertlar fikricha, ushbu loyiha poyezdlarning toʻxtovsiz harakatlarishini taʼminlaydi hamda ikkala qoʻshnilar oʻrtasida tovar eksporti va importi hajmini ortishiga xizmat qiladi.
Lokomotivnыy park AO «Uzbekiston temir yullari» popolnitsya yeщyo na pyat rossiyskix elektrovozov 3ES5K.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2019
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonga yana beshta elektrovoz yetkazib beradi
Boshqa tomondan, elektrovozlar dizel yoqilgʻida yuradigan teplovozlarga qaraganda rentabelligi past va ekologik jihatdan ustundir.
Shuni taʼkidlash joizki, deb yozadi nashr, shu paytga qadar tojik tomoni elektrovozlar yoʻqligi tufayli poyezdlar tranzitini, shu jumladan, oʻzbek poyezdlari tranzitini ham teplovozlar yordamida amalga oshirgan.
KPP Patar na granitse Tadjikistana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Tojikiston oʻzbekistonliklar uchun chegarani qachondan ochadi - vazir izohi
Ammo har bir lokomotiv quvvati 3 ming ot kuchiga teng boʻlib, ular uchun koʻp miqdorda dizel yoqilgʻi talab etiladi.
Manba soʻzlariga koʻra, Soʻgʻd viloyatida elektr uzatish liniyasi barpo etilganidan soʻng, mintaqa boʻylab yiliga 32 mingta poyezd harakatlanadi va buning oqibatida tovarlar importi/eksporti hajmi oshib, ikkala qoʻshni davlatlar iqtisodiyoti rivojiga impuls boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala