Allergiyadan butkul xalos mumkinmi – mutaxassis javobi

CC0 / /
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova allergiyani tashxislash usullari va undan butkul qutulish mumkinmi degan savollarga javob berdi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Allergiyani tashxislash usullari qanday? Kasallikdan butkul qutulish mumkinmi? Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova SSV matbuot xizmatining savollariga javob berdi.
— Allergiyani tashxislash usullari qanday?
— Allergiyani aniqlashning bir necha yo‘li bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo bo‘lishi, allergiya belgilari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida allergiya bormi, deb so‘raladi.
Suhbat davomida bemorda allergiya bor yo‘qligini bilish mumkin. Bundan tashqari, uni aniqlash uchun qator testlar mavjud. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:
qon tahlili — immunitet tizimi tomonidan chiqarilgan IgE antitanalari darajasini o‘lchaydi;
terini tilish — bu ham turli antibiotiklarni qabul qilishdan oldin test sifatida tanilgan. Teri shprisning uchi bilan tirnaladi va bu joyga biroz kamroq allergen qo‘llaniladi;
Agar teri reaksiyasi (qichishish, qizarish va shish) bo‘lsa, bu allergiya mavjudligini bildirishi mumkin.
Kasallikni davolash to‘g‘ri tashxis qo‘yishdan boshlanadi. Ko‘pchilik, allergiyani butunlay yo‘qotishning imkoni yo‘q deb hisoblaydi. Aslida esa, shifokor tavsiyalariga to‘liq amal qilgan va parhezni kanda qilmagan kishilar darddan xolos bo‘lishi mumkin.
— Kasallikdan butkul qutulish mumkinmi?
— Allergik kasalliklarni davolashda xastalikning boshlangan vaqtiga e’tibor berishimiz kerak. Bu juda muhim bo‘lib, kasallik qanchalik tez rivojlanib borsa, organizm uchun shunchalik xavfli hisoblanadi.
Surunkali kasallik bo‘lgani uchun allergiyani butunlay organizmdan yo‘qotib yuborish anchagina mushkul. Kasallikning oldini olish uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak.
Bular quyidagilardan iborat: mavsumiy chang allergiyasi vaqtida boshqa joyga vaqtincha ko‘chib o‘tish, agarda har qanday gulga allergiyangiz bo‘lsa, uy ichi va tashqarisidagi gullar, it va mushuk junlariga allergiyangiz bo‘lsa, ulardan voz kechish lozim.
Deti v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2018
O‘zbekistonda bolalarda allergik kasalliklarni aniqlash uchun umumdavlat aksiyasi o‘tkaziladi
Hozirda allergiyani to‘liq dori-darmon bilan davolab yuborishning imkoni mavjud emas. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan birinchi, ikkinchi va uchinchi sinfga mansub bo‘lgan antigistamin dorilar kasallikning xuruji davrida faqatgina allergiyaning belgilarini vaqtincha, xuddi “tez yordam”dek, to‘xtatadi, ammo allergiyani butkul davolamaydi.
Allergiyani davolashda amaliyotda keng qo‘llaniladigan davolash usuli – immunoterapiya hisoblanadi. Allergen miqdori davolash kursi davomida oshirilib boriladi. Ushbu usul bilan davolash davomida allergik kasallikning yengillashishiga yoki butunlay davolanib ketishga erishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0